NAVOIY HAYoTI VA IJODIGA BAGʻIShLANGAN KEChA OʻTKAZILDI
Amudaryo Akademik litseyida fevarl oyida oʻzbek tili va adabiyoti fan oyligi oʻtkazilmoqda. Fan oyligi mobaynida “Rasmlar tanlovi” , Alisher Navoiyning 577 yilligiga, Zahiriddin Muhammad Boburning 535 yilligiga bagʻishlangan tadbir kechalari, insholar tanlovi, ochiq dars mashgʻulotlari, sheʼriyat kechalari oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, oʻquvchilar boʻlib oʻtayotgan tadbirlar natijasida boy adabiy merosimiz va uning namoyandalari toʻgʻrisida koʻproq maʼlumotga ega boʻlmoqda.
Fan oyligi doirasida 9-fevral kuni Alisher Navoiyning 577 yilligiga bagʻishlangan kecha oʻtkazildi.
Kechada Alisher Navoiyning hayoti haqidagi sahna koʻrinishlari oʻquvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etib berildi. Kechaga tuman Madaniyat boʻlimi havaskor sanʼatkorlari ijrosidagi mumtoz qoʻshiqlar yanada fayz kiritdi.
Fan oyligi doirasida oʻtkazilgan ushbu tadbirda oʻquvchilar A.Navoiy hayoti va ijodi bilan yanada yaqinroq tanishdilar.
Dinora Karimboyeva, Amudaryo Akademik litseyi oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶