Xotin-qizlar qoʻmitasi boshlangʻich tashkilotining faoliyati sarhisob qilindi
Yaqinda tumanimizdagi 31-sonli maktabda Xotin-qizlar qoʻmitasi boshlangʻich tashkilotining hisobot majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlisda boshlangʻich tashkilot tomonidan xotin-qizlarning jamiyatda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini oshirish, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni maʼnaviy barkamol, gʻoyaviy kurashchan, millat va mamlakat ravnaqi yoʻlida oʻz kuchini ayamaydigan yetuk inson qilib tarbiyalash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Aytish kerakki, ayni kunda maktabdagi boshlangʻich tashkilot aʼzolari soni 78 nafarni, shundan yosh ayol-qizlar 22 nafarni tashkil qiladi. Aʼzolarning 56 nafar oliy maʼlumotli xodimlar, 1 nafari tuman Kengashi deputati, yana 1 nafari davlat mukofotlari bilan taqdirlangan faol ayol-qizlardir.
Yigʻilishda boshlangʻich tashkilotning 2017-yildagi faoliyatiga yakun yasalib, qoʻlga kiritilgan yutuqlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tilga olindi. 2018-yilda qilinishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha chora-tadbirlar dasturi va ish reja tasdiqlandi.
Shuningdek, maktabda taʼlim olayotgan 374 nafar oʻquvchi qizlar tarbiyasi bilan shugʻullanish, ularni oqila va ilmli qilib voyaga yetkazish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar ham belgilab olindi.
Gʻ.Yeshniyozov
(Foto - OʻzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶