24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 07:50
Jamiyat 👁 1,881

AMUDARYoDAGI OʻQUV-IShLAB ChIQAPISh MAJMUALAPIDA KASB-HUNAP OʻPGATILMOQDA (+video)

AMUDARYoDAGI OʻQUV-IShLAB ChIQAPISh MAJMUALAPIDA KASB-HUNAP OʻPGATILMOQDA (+video)

 

Mazkur oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarida 11 yillik taʼlim joriy etilib, oʻquvchilar 10-sinflarda oʻqishni davom ettirmoqdalar. Davlatimiz tomonidan oʻquvchilarning taʼlim olishlari bilan birgalikda kasb-hunar oʻrganishlariga ham imkoniyat yaratilmoqda. Shu maqsadda joylardagi oʻrta maxsus kasb-hunar kollejlarida maktab oʻquvchilarining ham kasb-hunar oʻrganishlari uchun oʻquv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi.

Tumanimizda ham umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinf oʻquvchilari uchun kollejlarda oʻquv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilib, turli yoʻnalishlar boʻyicha maktablarning yuqori sinf oʻquvchilariga kasb va hunar oʻrgatilmoqda. Kasbiy taʼlim berish jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida tumandagi har bir kasb-hunar kollejidagi oʻquv-ishlab chiqarish majmuasiga shu hududda joylashgan umumtaʼlim maktablarining 10-sinf oʻquvchilari jalb etilmoqda.

Majmua tumandagi Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida ham tashkillashtirilib, hozirgi kunda bu yerda oshpazlik va pazandalik, avtomobil taʼmirlash texnigi, kompyuterlarga texnik xizmat koʻrsatish hamda tikuvchilik yoʻnalishlarida oʻquvchilarga kollejning ishlab chiqarish taʼlimi ustalari hunar oʻrgatmoqdalar. Belgilangan dars jadvali asosida majmuaga hafta davomida tumandagi 1-, 25-, 26-, 4-, 38-, 59-, 5-, 31-, 42-, 55- umumtaʼlim maktablarining 10-sinf oʻquvchilari tashrif buyurmoqdalar.

– Oʻquvchilarga kasbiy taʼlim berish uzluksiz taʼlim tizimining tarkibiy qismidir, – deya izoh beradi Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji direktorining ishlab chiqarish ishlari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Matirzayev. – Majmualar Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida 2017-yilning oxirida tashkil etildi. Dastlab maktab oʻquvchilari uchun ekskursiyalar tashkil etilib, kollejimizda kasbiy taʼlim berilishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Shundan soʻng, tuman XTMFMTTE boʻlimi tomonidan har bir kollejdagi oʻquv ishlab chiqarish majmuasiga shu hududga yaqin joylashgan maktablarning oʻquvchilari jalb qilinishi rejalashtirilganligi sababli, bu yerga yaqin joylashgan maktablar oʻquvchilari tashrif buyurib, oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha hunar oʻrganmoqdalar. Oʻquvchilarning oʻzlariga yoqqan kasb va hunarlarini puxta oʻrganishlari uchun kerakli jihozlar hamda yetarli sharoit mavjud. Kollejning malakali ishlab chiqarish taʼlim ustalari mahoratlarini ishga solib, “ustoz-shogird” anʼanalari asosida astoydil bilim bermoqdalar.

Oʻquv-ishlab chiqarish majmuasida oshpazlik va pazandalik yoʻnalishida Paʼno Boltaboyeva, Farida Matirzayevalar, avtomobil taʼmirlash texnigi yoʻnalishida Ozod Ortiqov, Qunduz Qutlimurodov, Shamsiddin Yoʻldoshev, Davron Xolimbetov, Bahodir Otamurodovlar, kompyuterlarga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishida Sanjar Toʻrayev, Azamat Ortiqovlar, tikuvchilik yoʻnalishida esa Sayyora Mingboyeva, Muyassar Saparboyeva, Zulfiya Oʻrozboyevalar maktab oʻquvchilariga kasb va hunar sirlarini oʻrgatmoqdalar. Majmuada “Oq oltin” ovuli hududida joylashgan 5 ta umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun ham kasbiy taʼlim oʻrgatilishi belgilangan boʻlib, ayni paytda ovul oʻquvchilarining qatnashlari uchun masofa uzoq boʻlganligi sababli taʼlim ustalari maktablarga borib, oʻquvchilarning dastlabki kasbiy bilim va koʻnikmalarini shakllantirmoqdalar.

Oʻquv ishlab chiqarish majmuasida kasbiy taʼlim berish jarayonlari endi boshlanmoqda. Oʻquvchilarning kasb-hunar oʻrganishga boʻlgan ehtiyojini qondirish va iqtisodiyotimiz tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlashni taʼminlash maqsadida majmuada boshqa hunar va kasblar boʻyicha yoʻnalishlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Maktab oʻquvchilari oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida yoʻlga qoʻyilgan kasbiy taʼlim dars jarayonlarida katta qiziqish bilan kasb va hunar oʻrganmoqdalar.

Ozoda XUDOYBEPGANOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026