RESPUBLIKA MAʼNAVIYaT VA MAʼRIFAT MARKAZI RAHBARI AMUDARYoDAGI MAʼNAVIY-MAʼRIFIY IŞLAR BILAN TANIŞDI
Davlatimiz siyosatida bugungi kunda maʼnaviy-maʼrifiy işlar yanada yuksak öringa qöyilgan bölib, bu borada qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Yurtimizda maʼnaviy-maʼrifiy işlar tizimini tubdan takomillaştiriş, bu borada davlat va jamoat taşkilotlarining hamkorligini kuçaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu yil 18-may kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari M.Hojimatov hamda markazning Qoraqalpoğiston bölimi rahbari T.Atamurodovlar Amudaryo tumaniga taşrif buyurdi.

Uşbu taşrif davomida mamlakatimizda joriy yilning 24-oktyabr sanasida ötkaziladigan Prezident saylovlariga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanişdilar va bu borada kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar yuzasidan muhim tavsiyalar, maslahatlar berib ötdilar. Şuningdek, M.Hojimatov Özbekistonda bu yilgi Prezident saylovi ilk bor saylov kodeksi va umumeʼtirof etilgan xalqaro saylov standartlariga rioya etilgan holda ötkazilişini alohida taʼkidlab ötdi.
Bundan taşqari, tumanda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölinmasi faoliyatini közdan keçirib, bölinma tomonidan amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi. Jumladan, tuman hokimligida taşkil etilgan maʼnaviyat xonasi, u yerda taşkil etilgan kutubxona va yaratilgan şaroitlar hamda tumanda beş yoşga bir nafar nuroniy tamoyili asosida olib borilayotgan işlarga yuqori baho berib ötdi.
Markaz rahbari yangi Özbekistonni barpo etişda yangiça dunyoqaraşga ega bölgan, maʼnaviy barkamol, ilm-maʼrifatli, soğlom fikrli yoşlarni tarbiyalaşga alohida eʼtibor qaratiş zarurligini taʼkidlab, bu boradagi samaradorlikni oşiriş böyiça zarur maslahatlar berdi.
N.Yusupov, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölinmasi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶