OQSOQOLLAR TAShABBUSI
Toʻy-marosimlardan oʻrin olayotgan ortiqcha dabdababozliklar, sarf-xarajatlar bugungi kunda hammani oʻylantirib qoʻymoqda. Axir hamma xonadonlarda ham oʻgʻil-qiz bor.
Shularni inobatga olib, Jumurtov ShFY, “Oq oltin”, Bobur nomli ovullar va “Jumurovul” mahalla yigʻinlari oqsoqollari va faollari bamaslahat buningdek nomaqbul odatlarni qisqartirish, xususan, “Qizlar bazmi”ni oʻz xonadonida toʻyxonalarda butun ovul, qarindosh urugʻlarini yigʻib emas, balki yaqin dugonalari va quda tomonidan kelgan qizlar ishtirokida oʻtkazish, spirtli ichimliklarni ham kamaytirish, toʻylarning bir necha kunlab choʻzilishiga chek qoʻyishga ahd qilishdi.
- Bular aytishga oson. Biroq hamjihatlikda ish olib borsak, albatta ijobiy natijaga erishamiz, - deydi Jumurtov ShFY raisi Amin Xoʻjamurodov.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶