VATAN HIMOYaSI – MUQADDAS BURChIMIZ
Qurolli kuchlarimizning 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joylarda madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Bu tadbirlarda Vatanga muhabbat va sadoqat ruhi ufurib turibdi. Shuningdek, harbiy qismlarda koʻrgazmali harbiy-taktik mashgʻulotlar yuqori saviyada oʻtkazilmoqda. Bu mashgʻulotlar harbiy qism shaxsiy tarkibining harbiy-taktik salohiyati hamda mudofaa qobiliyatining qanchalik darajada oʻsib, takomillashayotganligini yorqin namoyish qilmoqda.
Ha, mustaqillik yillarida bizning milliy armiyamiz professional darajadagi qudratli Qurolli Kuchlarga aylandi. Bilimdon va malakali harbiy kadrlar yetishib chiqdi. Qurolli Kuchlar safi eng soʻnggi zamonaviy harbiy texnika va texnologiyalar bilan qayta jihozlandi. Harbiy-taktik harakatlar mexanizmi yangilandi. Natijada MDH davlatlari orasida eng koʻzga koʻringan qudratli, professional Armiyaga aylandi.
Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilayotgan minglab askarlar va zobit-qoʻmondonlar qatorida tumanimiz yoshlarining faol qatnashayotganligini faxr-iftixor bilan tilga olib oʻtish joiz, albatta. Ular xizmat qilayotgan harbiy qismlardan eng avvalo, ularning ota-onalariga, mahalla-koʻyga va tuman Mudofaa ishlari boʻlimiga koʻplab tashakkurnomalar kelib turibdi. Xususan, mangʻitlik Hasan Alisher oʻgʻli oilasiga Chirchiq shahri, artilleriya qismi qoʻmondonligidan, Qipchoq ovulidan Rustam Fayzulla oʻgʻli Joʻlliboyevning ota-onasiga Qashqadaryo viloyatidagi tank qismi qoʻmondonligidan, “Choykoʻl” ovulidan Xursand Omonboy oʻgʻli Iskandarovning ota-onasiga ham Qashqadaryo viloyatidagi tank qismi qoʻmondonligidan, “Qilichboy” ovulidan Sardorbek Komiljon oʻgʻli Safarboyevning oilasiga Buxorodagi umumiy harbiy qoʻshin qism qoʻmondonligidan, “Qangli” ovulidan Izzatillo Anvar oʻgʻli Habibullayevning ota-onasiga ham Buxorodagi umumiy harbiy qoʻshin qismi qoʻmondonligidan, yana “Qangli”dan Yodgor Erdosh oʻgʻli Murodovning ota-onasiga Chirchiqdagi artilleriya qismi qoʻmondonligidan, “Qangli” ovulidan Oybek Yangiboy oʻgʻli Oʻrozboyevning oilasiga Toshkentdagi aloqa harbiy qism qoʻmondonligidan harbiy xizmatdagi aʼlo darajadagi koʻrsatkichlari uchun qator tashakkurnomalar keldi.
Fursatdan foydalanib, Qurolli Kuchlarimizning 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, tinchlik posbonlari boʻlgan jasur askarlarimizni hamda ularning ota-onalarini bayram bilan qizgʻin muborakbod etamiz.
Yurtimiz tinch, elimiz obod, xalqimiz farovon boʻlsin, deymiz.
Ixtiyor NODIROV,
tuman Mudofaa ishlari boʻlimi
boshligʻi,podpolkovnik

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶