Yangi ish oʻrinlari yaratilishi moʻljallanmoqda
Aholi turmush darajasini yaxshilash va yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida hamda tuman iqtisodini yanada oshirish uchun tumanda 2018-yilda amalga oshirish moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturi ishlab chiqildi.
Dasturga muvofiq, sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarida umumiy qiymati 88 929,3 mln. soʻmlik 135 ta loyiha amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.
Bu loyihalar asosida tumanda 548 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi moʻljallanmoqda.
Shundan sanoat sohasida 65715 mln. soʻmlik 14 loyiha kiritildi va bu orqali 251 ta yangi ish oʻrni yaratilishi belgilandi. Xizmat koʻrsatish sohasida 14839 mln. soʻmlik 57 loyiha kiritilib, yaratilgan ish oʻrinlari 128 tani tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi sohasida esa 8375 mln. oʻsmlik 64 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu orqali 169 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi kutilmoqda.
Yaratilgan yangi ish oʻrinlari orqali tuman aholisi mehnat bandligini taʼminlash bilan birga ularning turmush darajasini yaxshilash va shu orqali iqtisodiyotni yanada rivojlantirish koʻzda tutilmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶