Haj va Umra ziyoratiga borish tartibiga kiritilgan oʻzgarishlar targʻib etildi
Yaqinda tumanimizdagi Yusuf Eshon bobo jomeʼ masjidida toʻy-hashamlarni ixcham va tartibli oʻtkazish, yangidan bunyod boʻlayotgan oilalarga oʻz vaqtida sharʼiy nikoh oʻqilishiga erishish, Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi qaroriga muvofiq Haj va Umra ziyoratiga borish tartibiga kiritilgan oʻzgarishlarni targʻib etishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishga tumanimizdagi mahallalar imomlari, koʻchaboshchilar ishtirok etishdi. Ular Yusuf Eshonbobo jomeʼ masjidi imom xatibi A.Matsafayev, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, hokim oʻrinbosari M.Ahmedova, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi raisi B.Allabergenov, tuman hokimligining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha bosh mutaxassisi J.Yoʻldoshevlarning kun tartibidagi mavzular yuzasidan maʼruzalarini tingladilar va oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
O.Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶