MENING OʻGʻLIM VATAN HIMOYaChISI
Ona uchun farzanining kamolini koʻrishdan ham ulugʻ baxt boʻlmasa kerak. Chunki farzandining sogʻligi, barkamolligigina onalar koʻngliga taskin, xotirjamlik va baxtiyorlik baxsh etadi. Men oʻgʻlim Abbosjonning kuch-quvvatga toʻlib, ona Vatan himoyasiga shay yigit boʻlib ulgʻayganidan va askar onasi ekanimdan faxrlanaman.
Abbosjon bolaligadan harbiy hayotga intilib oʻsdi. “Katta boʻlsam, albatta, men mustaqil Oʻzbekiston askari boʻlaman! Vatanim, mahallam, oilamiz va aziz onajonimning tinchligini himoya qilaman!” – derdi doim. Uning Vatan himoyachisi boʻlishdek ezgu orzusi ushalib, 2017-yilning fevral oyida harbiy xizmatga joʻnab ketdi. Bir yildirki, Abbosjon Toshkent viloyatining Zangiota tumani, “Quyoshli” qoʻrgʻonidagi harbiy qismlardan birida oʻz yigitlik burchini ado etmoqda. U xizmat davomida harbiy qism va Mudofaa Vazirligining Faxriy yorliqlari va minnatdorchiligi bilan taqdirlanganini eshitib qalbim faxr-u iftixorga toʻldi.
Yaqinda, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida Oʻzbekiston Pespublikasi Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Nukus shahrida boʻlib oʻtgan “Askar onalarini sharaflamiz!” deb nomlangan tadbirda menga Qoraqlapogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan “Tashakkurnoma” va qimmatbaho sovgʻalar taqdim etishdi.
Men oʻgʻlim Abbosjon Madrahimovning ona Vatanga munosib farzand sifatida oʻz yigitlik burchini aʼlo darajada oʻtayotganidan faxrlanaman.
Dilfuza Shoniyozova, “Yangiobod” mahallasi.
Foto: OʻzA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶