OʻZBEKISTONDA YaNA AJPALISh TAPTIBI OʻZGAPTIPILMOQDA
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti tomonidan 3-yanvar kuni imzolangan, 5-yanvardan qonuniy kuchga kirgan, «Alohida davlat organlari faoliyatining takomillashtirilishi va fuqarolar huquqlari va erkinliklari himoyasini kafolatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi bilan bogʻliq Oʻzbekiston Pespublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi qonunga koʻra Oila kodeksida nazarda tutilgan ajrashtirish mexanizmiga oʻzgartirishlar kiritildi.
Oʻzgarishlarga koʻra, Oila kodeksining 40- va 218-moddalariga nisbatan qoʻllanilgan. Bu choralar sudlar tomonidan yarashish uchun ajratilgan vaqtdan maqsadli foydalanilmayotgani sababli qoʻllanilmoqda.
40- va 218-moddaning yangi tahririga koʻra, endi eng uzogʻi uch kun ichida sudlar va FHDYo organlari yarashtiruv komissiyalariga ular zarur choralarni koʻrishi uchun yozma ravishda bildirishnoma joʻnatadi. Bildirishnoma er-xotinlarning birgalikda istiqomat qiladigan fuqarolar yigʻiniga, agar ular alohida yashashsa — ularning har biri yashayotgan joyga joʻnatiladi.
Sud tomonidan yarashish uchun muddat belgilangani yoki ajrashish ishi boʻyicha sud majlisi qoldirilgani; shuningdek FHDYo boʻlimiga ariza tashlanganidan boshlab uch kun muddat ichida bildirishnoma joʻnatiladi.
Pasmiy statistikaga koʻra, 2017-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYo organlari tomonidan roʻyxatga olingan nikohlar — 96,3 ming (2016-yilning birinchi yarmida — 92,4 ming) va ajralishlar — 15,6 ming (2016-yilning shu davrida — 14,8 ming) soni oshgan.
Qonun matbuotda eʼlon qilindi va 2018-yil 5-yanvardan kuchga kirdi.
hordiq.uz saytidan olindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶