ASKAP ONASI BOʻLISh – ShAPAF
Oʻgʻlim Hasan Hayitboyev akasi Otabek singari harbiy boʻlishni yoshligidan orzu qilardi. Intilishi va qiziquvchanligi sababli barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, 2017-yilda harbiy xizmatga joʻnab ketdi. Mana, 1-yildan beri yigitlik burchini sharaf bilan ado etmoqda.
Toʻgʻrisi, 1-yildan beri oʻgʻlimni juda sogʻingan edim. Yaqinda Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar kengashi va Mudofaa vazirligi tomonidan askar onalar uchun tashkil qilingan onlayn videomuloqotga taklif qilinganimni eshitib, juda quvondim.
Nukusda bizni tantana bilan kutib olishdi. Videomuloqotda oʻgʻlimni tengdoshlari qatorida harbiy libosda koʻrib, qalbim gʻurur va iftixorga toʻldi. Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tashakkurnoma taqdim qilinganida esa bu gʻurur va iftixorim ikki karra oshdi.
Fursatdan foydalanib, barcha askarlarni, harbiy xizmatchilarni va ularning onalarini 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! Baxtimizga omon boʻling, aziz farzandlarim, Vatan posbonlari!
Tozagul XOʻJAMUPOTOVA, Mangʻit shahri, Gulzor mahallasi.
(Foto - OʻzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶