17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 22:17
Jamiyat 👁 1,469

UMRNING YaNGI SAHIFASI – YaNGI YIL MUBORAK, AZIZ YuRTDOShLAR!

UMRNING YaNGI SAHIFASI – YaNGI YIL MUBORAK, AZIZ YuRTDOShLAR!

Yurtimizda bayramlar koʻp, bir-birimizni  muborakbod etmoqqa arzigulik nurafshon lahzalar koʻp. Lekin Yangi yilning tashrifi oʻzgacha. Yil almashuvi bilan kechadigan tarixiy daqiqalarning tarovati, fayzi, hatto lutfimizdagi jarangi oʻzgacha – Yangi yil!

Agar eʼtibor bergan boʻlsangiz, 8-dekabr – Konstitutsiya kuni arafasida boshlangan bayramona tadbirlar nihoyatda joʻshqinlik bilan Yangi yilga tadorik lahzalariga ulanib ketdi. Har uyning derazasiga yam-yashil Archa, Qorbobo va Qorqiz rasmlarini solgan bolajonlar hammadan oldin Yangi yil tantanalarini boshlab yuborishdi. Oʻtayotgan 2017-yilda erishilgan baland-baland dovonlardan oshib, sovgʻa toʻla qoplarini orqalagan Qorbobo Qorqizini yetaklab eng avval bolajonlarni xushnud etdi. Turfarang chiroqlari porlab turgan baland Archalar atrofida shodon oʻynayotgan bolajonlar quvonchlarida buyuk kelajakning yorqin nurlari jilvalanayotganday...

Ona Yer bilan tillashib, uning bagʻridan dur undirgan Bobo Dehqon, sohibkor-u bogʻbonlar, tadbirkorlar saxovatidan toʻkin dasturxonlar shohona! Yangi yil dasturxonlarida yetti iqlim neʼmatlari mujassam! Tillardan dillarga koʻchayotgan tilaklar ezgu! Yorugʻ niyatlar bilan tuzilayotgan rejalar yangi! Rejalarki – xalq, el-u yurt manfaatiga monand!

Otayotgan Yangi yil tongi bilan  birga qalblarimizga yangi orzular, quvonchlar oqib kirayotir!

Yangi yilga ilk qadamni ana shunday munavvar tuygʻular bilan qoʻyamiz. Xonadonimizga koʻrk bagʻishlab,  koʻngillarimizni yoritib turgan Yangi yil Archasiga boqqanimiz sari  vujudimiz tozaradi. Hayotimizga Yangi kun kirib kelayotganidan dillar musaffo, zamin-u osmon musaffo!

Azizlar, ilohim, yil davomida qalblaringizni ana shu musaffolik, nurafshonlik, pokiza va munavvar tuygʻular aslo tark etmasin. Yangi yilimizning ilk lahzalaridan hayotga yangi nigoh bilan boqayotgan koʻzlardagi quvonch umringizning yangi sahifasiga ziynat bagʻishlasin. Oilalar tinch, osuda, koʻngillar xotirjam, farzandlar sogʻ-omon va barkamol, ona Yurt obod boʻlsin, azizlar!

Yangi yilingiz muborak, qadrli yurtdoshlar!

Tahririyat.

Qor xat

Koʻhna yerga qor yogʻdi, samolardan elanib,

Olam oqqa chulgʻandi, ezgularga ellanib,

Har dilga mehr indi, misli daryo - sellanib,

 Shoirlar «qor xat» yozdi, orzularga belanib,

«Qor xat»da bor deb yogʻdu, quchogʻim ochib chiqdim!

 

«Qor xat» tutgan qoʻllardan oʻpgim keldi charaqlab,

Fermer boʻlsa ul odam, ketmasidan yiroqlab!

Yurtboshim qoʻygan talab – mahsulotin qadoqlab,

Bozordan oʻrin olgan xushxabarin daraklab

Yozilgan «qor xat» sirin elimga sochib chiqdim!

 

Qarang-a, gʻalla ekib, uyibdilar zoʻr xirmon,

Halol mehnat – ter toʻkib, koʻk uzra qoʻymish narvon.

Daromad kelar oqib, necha milyard-u, milyon,

Barokat elga yuqib, toʻy-u tomosha har yon –

El-u yurt quvonchidan yuragim toshib chiqdim!

 

Salkam yetmish milyard soʻm paxtadan kelib tursa,

Chorva-yu pillasidan hamyonlar toʻlib tursa.

Baligʻidan bir totgan, ortiga qaytib tursa,

Tadbirkor oʻgʻlonlari zamondan oʻzib tursa –

«Taraqqiyot koʻzgusi»n dunyoga tutib chiqdim!

 

«Qor xat» bilan yoʻqlagan balki yoshlar, hoynahoy,

Marra tomon yetmasdan, tutib oldim men atay.

Bitta-bitta tizilgan shartlari bor bir talay.

Prezidentning qoʻlidan «Malibu» olgan, hay-hay,

Oʻzimizning Elyor deb, men ashʼor bitib chiqdim!

 

Sozanda-yu goʻyanda, huquq ahli bir taraf,

Shifokorlar bir yonda, el-yurtga keltirib naf.

Namunali uylarda yashayotir xalq yayrab,

Ilm-u irfon yoʻlida fidoyi necha salaf,

«Qor xat»lar qabatidan maʼnolar uqib chiqdim!

 

Oʻ-hoʻ, qancha «qor xat»ning egalarin ushladim,

Qilgan ajib shartlarin oʻzlariga yukladim.

Tinglab orzu, ahdlarin koʻngilimni xushladim,

Har birin davlatlarin misli xon – qiyosladim –

Qiyosimdan boʻlib shod, men ham shart tuzib chiqdim!

 

Endi navbat menga, deb, «qor xat» yozdim choʻkkalab,

Fermer ogʻam bilsin-da, yurganimni oʻpkalab.

Ezgulik el-yurtga zeb – aytilgan koʻp martalab,

Shartlarim juda oson – ish oʻringa koʻp talab,

Yaxshilik – yorugʻ yoʻl deb, niyatlar qilib chiqdim!

 

Yurtboshim Yangi yilga yarashiqli nom berdi,

Tadbirkorlik qilganga, ezgu niyat – kom berdi.

Yangi gʻoya har dilda uygʻonsin deb, ahd berdi,

Va tadbirkor qoʻliga qonuniy asos berdi –

Ishbilarmon ogʻalar mardi-maydon deb, chiqdim!

 

Yoshlarning dilida choʻgʻ – Istiqlolga hamqadam,

Sarhisobdan koʻngli toʻq – Dehqon bobo shod, xurram.

Yuraklarda armon yoʻq – dunyo boʻldi bir qadam,

Yurt ufqida gʻubor yoʻq – har qarich yerda bayram –

«Tinchlik!» degan shiorni boshimda tutib chiqdim!

 

Urf-u odat, anʼana – bor boʻlsin-da, azizlar,

«Qor xat» asli bahona, koʻzlarga tushdi koʻzlar,

Porlab tursin samoda, oy-u Quyosh, yulduzlar

Tonglar otsin osuda, nur elasin kunduzlar,

Yurtning Yangi yiliga nekqadam qoʻyib chiqdim!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026