17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 20:51
Jamiyat 👁 1,763

OQIL INSON SALOMIDAN MAʼLUM

OQIL INSON SALOMIDAN MAʼLUM

Bismillahir rohmanir rohiym!

Salomlashish odobi bu eng dastavval turmushda ota-ona tomonidan farzandiga oʻrgatilishi shart boʻlgan sunnat va farz amallaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham “Odob boshi salom, gap boshi kalom”, deb bejiz aytishmagan. Barcha maxluqotlar ichida eng aqlli va mukarrami boʻlgan inson hayotini salom-aliksiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Bu odob amali bashariyat hayotida qadimdan nihoyatda katta oʻrin tutib, biron notanish kimsa bilan koʻrishib, tanishmoqchi boʻlsangiz ham salom berishingiz bilan gap-gapga qovushib, oʻrtadagi begonalikka darhol barham beriladi. Mashhur sahobalarimizdan Abdulloh ibn Abbos (r.a): “Har bir narsaning nihoyasi bor, ammo salomning nihoyasi barokatdir”, deganlar. Islomiy manbalarda keltirilishicha, eng yaxshi amal “ochlarni toʻydirish va tanigan-tanimagan kishilarga salom berishdir”.

Islomiyatda salomlashish tarixiga nazar soladigan boʻlsak, “Alloh taolo Odam (alayhissalom)ni yaratib, uni farishtalarga “Assalomu alaykum”, deb salom berishga buyurgan. Farishtalar “Assalomu alayka va rahmatullohi”, deb alik olishgan. “Shundan buyon insonlarda salomlashish odobi urf boʻlgan”, deyiladi islomiy manbalarda.

Salomlashish – koʻplab savoblarga doxil boʻlishga sababchi boʻladigan, aqli raso kimsa tark etishi mumkin boʻlmagan yagona husni odob hisoblanadi.

“Assalomu alaykum” va “Va alaykum assalom”, degan iboralarning maʼnosiga toʻxtaladigan boʻlsak, “Sizga tinchlik boʻlsin”, degan maʼnoni bildirib, salomlashayotgan odamlar bir-birlariga tinchlik, xotirjamlik tilashadi.

Har bir odob tariqatining oʻz tartib-qoidalari boʻlgani kabi, salomlashishning ham tartibotlari mavjud: tugal ravishda salomlashganimizda: “Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu”, deyilishi lozim. Buning maʼnosi “Sizga tinchlik, Allohning rahmati  va barokati boʻlsin”, deganidir. Salom berishning qadimdan bizlarning yurtimizda eng ixcham va ommalashib kelayotgan koʻrinishi – “Assalomu alaykum”, deyish boʻlib va uning eng ixcham javobi “Va alaykum assalom”, deyishdir.

Salom berish bu – Paygʻambar alayhissalomning sunnati va insonning odob belgisidir. Alik olish esa Alloh taoloning musulmonlarga farz boʻlgan odob amali hisoblanadi.

Otda va boshqa ulovlarda ketayotgan odam piyodaga salom berishi, piyoda ketayotgan odam oʻtirganga salom berishi, oʻtirgan odam esa yotgan kishiga salom berishi, ozchilik koʻpchilikka, yoshi kichiklar kattalarga, yuqori mavqedagilar past mavqedagi insonga birinchi boʻlib salom berishlari mujtahid ulamolarimiz tomonidan aytilgan. Bundan murod – musulmonlarda gʻururlanish va takabburlikning oldini olish va kamtarinlik, hokisorlik va birodar-birodariga mehr-oqibatli boʻlishlikni yuzaga keltirishdir.

Koʻpchilik oʻtirgan joyga borib qolgan kishi bir odamni xoslamasdan hammaga qarab: “Assalomu alaykum!” deb salom berishi joiz, ammo u “lar” qoʻshimchasini qoʻshmasdan salom berishi kerak, chunki “salom” Allohning ismidir, Alloh yagonadir. Oʻsha joydagi odamlarning birisi alik olsa, kifoya boʻladi. Mabodo, salom berilsa-yu, ushbu jamoatdagilarning birontasi ham alik olmasa, shu jamoatda oʻtirganlarning barchalari farzni tark etganligi uchun gunohkor boʻladilar.

Xonadon sohibi oʻz uyiga kirganida ham, oila aʼzolariga ham salom berib kirishi sunnat amallaridan hisoblanadi.

Salom berishda hazilga olmasdan, soʻzlarini jiddiy va hurmat bilan toʻliq, ifodali, samimiy tarzda aytish zarur. “Salom berdik”, “okey”, “privet”, “salom”, “somalaykum” (maʼnosi “sizga oʻlim boʻlsin”), “xayrli kun” kabi tarzlarda  kamsitilib, buzuq shakllarda salomlashish shariatmizda qatʼiyan man etiladi.

Boshni qimirlatib, ovozsiz, qoʻlni qoʻqsiga qoʻyib salomlashish va alik olish ham mutlaqo nodurust. Faqat baralla  ovoz chiqarib, eshittirilib, salom berilishi va alik olinishi zarur.

Ayrim insonlar davomiy tahoratda yuradigan “parhezgor” boʻlishi mumkin. Ularga ogʻzaki tarzda salom berilsa ham boʻladi. Tahoratsiz va nojoiz narsalarni ushlab, boyagi “parhezgor”ga salomlashish uchun qoʻlini uzatishi “parhezgor”ning tahoratiga zavol keltirish havfi bor boʻlganligidan nodurust hisoblanadi. Shuningdek, salom-alikda haddan tashqari engashib, bukilib, taʼzim qilib salom berish va alik olish ham sharʼan maʼqul emas. Xiyol engashib salom berilsa, boʻladi. Notanish kishilarga va yosh bolalarga ham salom berish islomiy va insoniy odoblar sirasiga kiradi.

Agar biron kimsa sizga birov orqali salom aytib yuborganligini eshitsangiz, bunga: “Assalomu alayka va alayhi”, deb  shu zahotidayoq javob qaytaring. Salom maktub orqali yuborilgan boʻlsa, dilingizda yoki xat orqali “Va alaykum assalom”, deb javobi berilgani maʼqul.

Chiroyli ayollarga, bidʼatchi, behayo, fosiq va kofir kimsalarga salom berilmaydi va olinmaydi.

Salomga alik olish maqbul boʻlmagan oʻrinlarda salom berish ham makruh amallardan sanaladi. Jumladan: Qurʼon oʻqilayotgan va oʻqiyotgan joyda, namoz oʻqilayotgan va oʻqiyotganda, azon yoki takbir aytayotganda, hammomdagi va hojatxonada oʻtirgan kishiga, nomahram ayollarga (keksa momolarimiz va yoshi ulugʻ ayollar bundan mustasno), ogʻzida taomi boʻlgan kishiga va taom yeyayotganlarga, uxlab yotganga, duo oʻqiyotgan odamga, xutba oʻqiyotganga, haj ziyoratida “Labbayka” aytayotgan ehromdagi kishiga salom berib boʻlmaydi.

Qoʻl berib koʻrishilganda kaftni kaftga qoʻyib, ikki qoʻllab koʻrishiladi, istisno hollardagina bir qoʻllab koʻrishish mumkin. Baʼzida eng yaqinlari va qadrdonlarini uzoq vaqtlar koʻrmagan er kishilar quchoqlashib koʻrishishlari mumkin. Bunday hollarda bir-birlarini  avval oʻng, keyin chap koʻksiga bosib, soʻng qoʻl berishib, hol-ahvollari soʻrashiladi va salomlashiladi. Ammo ogʻiz-burun oʻpishib salomlashish mutlaqo urf-odatlarimizga begona va zid odat hisoblanadi. Ulugʻ ulamolar, olim-u fuzalolarning, ulugʻ ustozlarning qoʻllaridan oʻpish mumkin. Keksa qariyalar esa yosh  nevara va chevaralarini bagʻriga bosib, erkalatib, peshonalaridan oʻpsa boʻladi. Nomahram ayol bilan qoʻl berib koʻrishish sharʼan mutlaqo mumkin emas.

Koʻpchilik joylarda, ayniqsa bizning tumanimizda, Mangʻitdagi toʻy-maʼrakalarda va azalarda baʼzi kimsalarning koʻpchilikni bezovta qilib, hamma bilan qoʻl berib salomlashib chiqish holatlari mavjud. Aslida odam toʻy-maʼraka egasi oldiga borib qutlugʻlab yoki azaxona taʼziyasini bildirgach, koʻrsatilgan joyga borib oʻtirishi maʼqul boʻladi. Xorazm viloyatida bu masalada azaldan odob va tartibga rioya etiladi. Maʼrakaga keluvchi kishini xalq hurmatlab, nazar qilsalar, u oʻng qoʻlini koʻksiga qoʻyib, silliq tavozʼe bilan xaloyiqqa ozgina boshini qimirlatib, yuzlanib qoʻysa, shuning oʻzi kifoya boʻladi.

Aziz mushtariylar, juda oddiy boʻlib koʻringan salomlashish odobiga imkon qadar amal qilsak, albatta Allohning ajr-u savoblariga doxil boʻlishimiz aniq. Kelgusida sevimli gazetamiz orqali sizlar bilan uchrashishni va suhbatlashishni rahmdil Allohdan soʻrab qolaman.

 

Qodirbergan hoji Jumamurod oʻgʻli, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi, mehnat faxriysi, islomshunos.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026