MAʼNAVIYaTLI VA MASʼULIYaTLI AYoL – JAMIYaT KÖPKI
Oila – jamiyat tayançidir. Oilalar farovon bölsagina, jamiyat rivoji taraqqiyot sari yuz tutadi. Ha, bu asrlar davomida sinalgan haqiqat. Ayol – oilaga baxt-saodat keltiruvçi farişta. U avvalo sadoqatli yor, sariştali beka, mehribon ona, çidam va bardoş, sabr va toqat, zakovat, maʼnaviyat hamda gözallik va nafosat timsolidir. Ayolning örni oilada ham, jamiyatda ham beqiyos.
Muhtaram Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyev ayolga, onaga şunday taʼrif beradilar: “Yer yuzida muqaddas degan sözga eng munosib zot bu – avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo uluğlab, ardoqlab yaşaydi, ayolni eʼzozlaş, ayolga ehtirom körsatiş xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi”.
Mamlakatimizda ayolga – onaga yuksak ehtirom körsatiş, qadrlaş, oğirini yengil qiliş, munosib turmuş şaroitini yaratiş, oila, onalik va bolalikni himoya qiliş eng ustuvor vazifa sifatida qarab kelinadi. Çunki, ayol birinçi navbatda u – ona, buyuk murabbiy, millat tarbiyaçisi. Yurtimizda ayollarning huquqlari, erkinliklari va imtiyozlari qonunlar bilan mustahkamlangan.
Asosiy Qonunimiz bölgan Konstitutsiyamizda milliy xususiyatlarimiz eʼtibori va ramzi sifatida XIV-bobning “Oila” deb nomlanişi bejiz emas. 63-moddadan 66-moddagaça qamrab olingan uşbu bobda oila, onalik va bolalik huquqlari kafolatlangan. Jumladan, 63-moddada “Oila jamiyatning asosiy böğinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida böliş huquqiga ega” deb körsatilgan.
Jamiyatni ayol bunyod etadi. Şuning uçun, hatto, islom taʼlimoti ham ayolni jamiyatning yetuk aʼzosi hisoblab, uning huquqlarini qaror toptirdi. Muqaddas dinimiz taʼlimoti ayolni hayotning barça jabhalarida: ilm olişda, mehnat qilişda, meros olişda, jamiyat taraqqiyotida faol qatnaşişda erkak bilan teng huquqli qildi. Muslima ayol jamiyat, siyosat sohalarida ham öz fikriga ega böldi. Bugungi kunda özbek ayoli har sohada peşqadam. Özining ezgu işlari bilan jasorat körsatayotgan ayollarimizdan har qança örnak olsa arziydi.
Ammo bugungi kunda ayrim ayollar sababli salbiy holatlarning kelib çiqayotgani juda açinarlidir. Özbekiston Pespublikasi Prezidenti Ş.M. Mirziyoyev iştirokida 2017-yil 15-noyabr kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida mamlakatimizda joriy yilda röy bergan huquqbuzarliklar va jinoyatçilik holati tahlil qilinganda, ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga alohida töxtalib ötildi.
Tumanimizda ham 2017-yilda xotin-qizlar örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini olişda oilalarni örganiş, mavjud muammolarni bartaraf etişga kömaklaşiş, ayollarning, ayniqsa ota-onalarning huquqiy bilimini, oiladagi masʼuliyat hissini yanada oşiriş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Tibbiy-psixologik tarzidagi davra va yakka tartibdagi suhbatlar ötkazişga, notinç, farzand tarbiyasidagi noqobil oilalarni alohida nazoratga olib, individual iş olib borişga, eng muhimi, ayollarning iş bilan bandligini taʼminlaş, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, voyaga yetmagan farzandlarining taʼlim-tarbiyasi böyiça ota-ona, mahalla, taʼlim muassasasi masʼuliyatini yanada oşiriş masalalariga ham katta eʼtibor qaratildi. Şu maqsadda tuman Xotin-qizlar qömitasi qoşida “Işonç telefoni” taşkil etildi.
Xotin-qizlar va yoşlar örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini olişda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik va jinoyatni şu kunning özida, yoki ertasiga voqea sodir bölgan mahallada keng jamoatçilikni jalb etgan holda muhokama etilayotganligi, “Payşanba – profilaktika kuni”da joylarda tarğibot tadbirlari ötkazilayotganligi öz natijasini bermoqda. 2016-yilning 10 oyida tumanda xotin-qizlar tomonidan 34 ta jinoyat sodir etilgan bölsa, 2017-yilning 10 oyida 15 ta jinoyat bölib, 56 foizga kamayişga erişildi. Lekin bu yetarli samara emas. Çunki jinoyat sodir etgan ayollarning oilalarida ham farzandlar voyaga yetayotir. Aslida bironta ham ayol jinoyatga qöl urmasligi lozim emasmi?!.
Xotin-qizlar qömitasi, içki işlar bölimi, “Mahalla” fondi, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimlari, “Yusuf eşon bobo” jomʼe masjidi imom-xatiblari bilan birgalikda jinoyatga moyilligi bor bölgan oilalarda, qöni-qöşnilar örtasida tezkorlik bilan individual tarzda tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilişi natijasida önlab jinoyatlarning, oilaviy ajraşişlarning oldi olindi.
Oilalarda va mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada soğlomlaştiriş, turli xil salbiy holatlarning oldini oliş, xususan, huquqbuzarlik, jinoyatçilik, öz joniga qasd etiş, iş izlab çet davlatlarga noqonuniy çiqib ketiş natijasida odam savdosi qurboniga aylaniş, farzandlar tarbiyasiga yetarli eʼtibor qaratmaslik, oilaviy ajraşişlar kabi holatlarning oldini oliş birgina xotin-qizlar qömitasining yoki içki işlar organlarining, yo bölmasa mahallaninggina işi emas, balki barça tegişli taşkilotlar, idoralar, jamoat taşkilotlarining örtasida özaro tezkor axborot almaşiş, tizimli hamkorlik bölişini talab etadigan jarayondir.
Mehnatga layoqatli aholi, ayniqsa ayollar va yoşlar özlariga munosib iş topa olmasligi, oilasiga yetarli daromad keltira olmasligi ham oilaviy nizolarga, turli huquqbuzarliklarga olib keluvçi sabablardan biri hisoblanadi.
Bu borada aholi örtasida olib borilayotgan turli xil tuşuntiriş, tarğibot tadbirlarining saviyasi, sifati, mazmuni ham juda katta örin tutadi.
Qayerda eʼtiborsizlik, befarqlik, loqaydlik, muammo yoki masalaning çuqur içiga kirmasdan yuzaki yondaşiş kabi holatlar bölsa, öşa yerda xatolar köpayadi. Olib borilayotgan ijobiy işlar bilan birga kamçiliklar ham borligi işimizni sifat va mazmun, samara va natija yuzasidan qayta körib çiqişimizni, masʼuliyat, javobgarlikni yanada oşirişimizni, eng muhimi, fidoyilikni talab etadi.
Oilalar farovon bölsagina, jamiyat rivoji taraqqiyot sari yuz tutişi asrlar davomida sinalgan haqiqat. Oilada esa ayolning örni beqiyos. Ha, ayol öz masʼuliyatini unutmasagina hayot farovon, turmuş barakali va ziynatli böladi.
Maryam AHMEDOVA, tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi, Qoraqalpoğiston Pespublikasi Jöqorği Kengesi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶