Jamiyat
👁 1,829
Qonlikoʻllik dizayner Karima Matrasuliyeva - tanlov gʻolibi
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining «Xotin-qizlarning kiyinish madaniyatini rivojlantirish «Nafosat-2017» koʻrik tanlovini oʻtkazish haqida»gi nizomiga asoslanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xotin-qizlar qoʻmitasining tashabbusi bilan Nukus shahrida birinchi marta yosh modeller, dizayner qizlarni aniqlash maqsadida, Yesjan baqsi nomidagi madaniyat va sanʼat kollejida joriy yil 20-noyabr kuni «Nafosat-2017» koʻrik tanlovi oʻtkazildi.
Koʻrik tanlov jarayonida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida barcha tumanlarning yosh dizayner qizlari ishtirokida, xotin-qizlarning jamiyattagi roli, yetakchilik qobiliyati, betakror goʻzalligini oʻzida jamlagan, milliy qadiriyatlarimiz asosida, moda olamida oʻz qoʻl mehnati ijodidan milliylik va zamonaviylikning uygʻunlashgan holda barcha oʻrinlarda (uyda, koʻchada, ishda, jamaotchilikda, oʻquv oʻrinlari bilan har xil kechalarda) qoʻlay, kiyinish madaniyatiga javob beradigan kiyimlar kollektsiyasini rivojlantirish qobiliyatiga ega dizayner qizlar tanlab olindi.
Koʻrik tanlov yakunida, nizom talablari asosida, dizayner qizlardan «Ishbilarmon va yetakchi ayol» timsoli nominatsiyasi boʻyicha Qonlikoʻl tumanidan dizayner Karima Matrasuliyeva keyingi Toshkent shahrida oʻtkaziladigan bosqich yoʻllanmasini oldi.
«Nafosat-2017» koʻrik tanlovi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi «Oila ilmiy markazi» rahbari Z.Matvofayeva, «Hunarmand» uyushmasi rahbari D.Allambergenova va taniqli ishbilarmon, dizayner va hunarmand A.Nurumbetovalar tomonidan baholanib borildi.
Foto - uza.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶