17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 20:51
Jamiyat 👁 2,091

Buxoro – Miskin temir yoʻli ochildi

Buxoro – Miskin temir yoʻli ochildi
Bugun odam yursa oyogʻi, qush uchsa qanoti kuyadigan Qizilqum choʻli insonning bukilmas matonati, azmu shijoati oldida yana bir bor taslim boʻldi. Bu yerda qariyb 350 kunda 350 kilometrdan ziyod choʻl bagʻri yorib oʻtilib, yangi temir yoʻli bunyod etildi.

Sir emas, yurtimizning dengiz yoʻllaridan olisda joylashgani milliy iqtisodiyotning oʻsishi, mahsulotlar raqobatbardoshligini taʼminlashga toʻsqinlik qilayotgan jiddiy omillardan biri sanaladi. Ayni paytda Yevropa va Osiyo mamlakatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarning tobora rivojlanayotgani natijasida qadimiy Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklashga eʼtibor kuchaymoqda. Eng asosiysi, xalqimizning transport xizmatlariga boʻlgan talabi oshib borayotgan hozirgi davrda zamonaviy talablarga hamohang transport infratuzilmasini yaratishni hayotning oʻzi taqozo etmoqda.

3.jpg

2016-yil dekabr oyida qurilishi boshlanib, shu yil sentyabr oyidan ishchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan Buxoro – Miskin temir yoʻlining foydalanishga topshirilishi mamlakatimizda transport kommunikatsiyasi oldida turgan mana shunday masalalarga yechim topish yoʻlida olib borilayotgan islohotlarning yana bir amaliy ifodasiga aylandi.

Yangi temir yoʻlning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Miskin maskanida tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbirda "Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyati mutasaddilari, ishchilar, muhandis-texnik xodimlar, soha faxriylari, jurnalistlar qatnashdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 10-11-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chogʻida ushbu loyiha bilan tanishib, qurilish ishlarini jadallashtirish boʻyicha muhim tavsiyalar bergan edi.

Temir yoʻl qurilishi Buxoro viloyatining Buxoro tumani va Qoraqalpogʻiston Respublikasining Miskin maskanida bir paytning oʻzida boshlandi. Ishning yaxshi tashkil etilgani samarasida umumiy uzunligi 355 kilometr boʻlgan temir yoʻl liniyasida loyihaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Qurilish davomida qariyb 22 million kub metrlik tuproq ishlari bajarildi. 121 sunʼiy inshoot, 12 koʻprik va 6 yoʻl oʻtkazgich, 5 stantsiya va 5 razʼezd barpo etildi. Bunyodkorlik ishlariga 2 mingga yaqin ishchi-mutaxassis, mingdan ziyod qudratli zamonaviy texnika va mexanizmlar jalb etildi. Mustaqillik yillarida barpo etilgan Sulton Uvaystogʻ – Nukus, Toshguzar – Boysun – Qumqoʻrgʻon, Angren – Pop temir yoʻl liniyalari qurilishida mamlakatimizning ulkan texnik imkoniyati bilan birga, ishchi-mutaxassislarning katta salohiyati ham namoyon boʻlgan edi. Ana shu loyihalarda orttirilgan tajriba Buxoro – Miskin liniyasini bunyod etishda alohida ahamiyatga ega boʻldi.

Hozircha bu yoʻlda yuk poyezdlari harakatlanadi. Bu esa mazkur hududdagi qazilma boyliklarini oʻzlashtirish, ulardan samarali foydalanish va shu bilan birga yangi ishlab chiqarish korxonalarini ochishga xizmat qiladi.

5.jpg

Shu paytga qadar Toshkent shahridan Urganchga qatnovchi poyezdlar Navoiy – Uchquduq – Miskin magistrali orqali 1064 kilometr yoʻl bosgan boʻlsa, endilikda bu masofa qariyb 100 kilometrga qisqardi. Bu vaqt, yoqilgʻi va boshqa xarajatlarni tejash imkonini beradi.

Mazkur temir yoʻlning ikkinchi bosqichida elektrlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Elektrlashtirish ishlari nihoyasiga yetgach, mazkur liniya Toshkent – Samarqand – Navoiy – Buxoro – Urganch yoʻnalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi ekologik xavfsiz elektropoyezdlar qatnovini yoʻlga qoʻyishda muhim boʻgʻin vazifasini oʻtaydi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – "Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyati raisi A.Ramatov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi M.Yerniyazov, Xorazm viloyati hokimi I.Sobirov, Buxoro viloyati hokimi Oʻ.Barnoyev soʻzga chiqdi.

Behzod Bozorov, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026