Jamiyat
👁 3,141
AQŞda yuk maşinasi ağdarilib, içidagi sigirlar köprikdan quladi
AQŞda çorva hayvonlari yuklangan yuk maşinasi ağdarilişi va içidagi sigirlar köprikdan pastga qulaşi natijasida bir neçta odam jarohat oldi.Bu haqda KSL.com xabar bermoqda.
Hodisa Yuta ştatidagi Riverdeyl yölida sodir bölgan. Politsiya maʼlumotlariga köra, tezlikning oşirilişi sababli sigirlarni olib ketayotgan yuk maşinasi ağdarilib ketgan.
Natijada yöl bir neça metr balandlikdan 20 dan ortiq sigir tuşib ketgan.
Şuni aytiş kerakki, önlab jonivorlarning köpi ölgan, boşqalari esa omon qolgan va atrofga tarqalib ketgan. Baʼzi haydovçilar kiçik jarohat oldi.
Yölni tozalaş uçun politsiya uşbu uçastkada harakatlanişni töxtatdi va bu tirbandlikka olib keldi. Yuk maşinasining haydovçisi jarohat olmadi. U tezlikni oşirişda aybdor deb topildi.
Şunga öxşaş voqea 2016-yil yanvar oyida xuddi şu yölda sodir bölgan edi. U paytda ham önlab sigirlar halok bölgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶