TINChLIK-OSOYIShTALIK HAR BIRIMIZGA BOGʻLIQ
Yaqinda "Chordara” mahallasida mahalla aholisi, uyushmagan yoshlar, shu hududda joylashgan harbiy qism vakillari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi M.Shermetov vaqtincha ish bilan band boʻlmagan yoshlarni boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirdi va ularni mamlakatimiz ravnaqiga hissa qoʻshish uchun harakat qilishga chaqirdi.
Yigʻilganlar MFY raisi T.Serikboyevning elimiz tinch-totuvligini taʼminlashda har bir fuqaroning oʻrni va vazifalari xususida, harbiy qism xodimi, leytenant A.Mamadaliyev "Chordara” mahallasi Turkmaniston davlati bilan chegara hududda joylashganligi sababli aholining chegaralarimiz daxlsizligini saqlashda harbiy xizmatchilar bilan mustahkam hamkorlik qilishi va chegara yaqinida oʻrnatilgan tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilishi lozimligi xususidagi maʼruzalarini qiziqib tingladilar, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Otabek Mahmudov, ShTBIB yoʻriqchisi, serjant.
Foto - http://arxitektura.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶