QIŞ ĞAMI KÖRILDIMI?..
Ölkamizda hukm surayotgan oltin kuz hademay örnini qişning izğirinli kunlariga böşatib beradi. Bunday paytda hamma issiq uyda ötirişni istaydi. «Qiş ğamini yozda kör» degan maʼnoli ibora bor. Albatta, qişda issiq uyda xotirjam ötiriş uçun ğanimat kunlardan unumli foydalanib, tayyorgarlik körib qöyilişi kerak.
Kunlar salqinlaşişi bilan hamma bu yilgi gaz taʼminoti qanday bölişiga qiziqa boşlaydi. Çunki issiqlik tabiiy gaz, kömir va suyultirilgan gazning qay darajada yetkazib berilişiga boğliq. Şu bois, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlarining holati tahliliga bağişlangan yiğilişda Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik dasturlari ijrosini tanqidiy qayta körib çiqib, rejalaştirilgan çora-tadbirlarni manzilli hamda maqsadli amalga oşiriş, mablağlardan samarali foydalaniş darkorligini taʼkidladilar.
«Qoraqalpoğistongaz» filialiga qaraşli 6-son tumanlararo bölimi tomonidan ham kuz-qiş mavsumida xonadonlarni tabiiy gaz bilan bir maromda va uzluksiz taʼminlaş maqsadida muayyan işlar amalga oşirildi.
Uçastka nazoratida 1206,63 kilometrgaz tarmoqlari mavjud. Şundan 162,7 kilometri yuqori bosimli, 168,7 kilometri örta bosimli va 876 kilometri past bosimli gaz quvurlari hisoblanadi. Gaz quvurlarining 65,7 kilometr qismi yer ostida va 1140,7 kilometr qismi yer ustida joylaşgan. Şuningdek, jami 477 joyga gaz taqsimlaş qurilmalari örnatilgan. Ularning 54 joydagisi yuqori bosimli va 423 joydagisi örta bosimli gaz taqsimlaş qurilmalari hisoblanadi. Yer osti gaz tarmoqlarini himoyalaş uçun esa 11 ta elektrokimyoviy himoya vositalaridan foydalanilmoqda. Jumladan, tuman isteʼmolçilari jami 5 hududdagi avtomatik gaz taqsimlaş stantsiyalari orqali tabiiy gaz bilan taʼminlanib kelinmoqda.
– Tuman böyiça jami 32496 xonadon gazlaştirilgan bölib, şundan 11665 xonadon tabiiy gaz bilan taʼminlanmoqda, – deya maʼlumot beradi «Qoraqalpoğistongaz» filialiga qaraşli 6-son tumanlararo uçastkasi katta iş ustasi J.Yermetov. – Qolgan 20831 xonadonga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Şunga köra, 206 dona gaz taqsimlaş qurilmalari holati, 43,8 km.da gaz quvurlarini bosim ostida ziçlikka sinaş işlari, 32,7 km.da yer osti gaz quvurlarining holatini pribor usuli bilan tekşiriş, 3,3 km.da gaz quvurlarini böyoqlaş işlari va 11231 xonadonda dudburonlarning sozligini tekşirib, kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş böyiça çora-tadbirlar rejasi ortiği bilan bajarildi.
Bugungi kunda tumanda aholiga «Berdaq», «Tölqin», «Qipçoq», «Manğit-1», «Manğit-2» avtomatik gaz taqsimlaş stantsiyalari orqali tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Yaʼni, «Berdaq» avtomatik gaz taqsimlaş stantsiyasi orqali Berdaq nomidagi ovul aholisi, «Tölqin» avtomatik gaz taqsimlaş stantsiyasi orqali «Tölqin» va «Oq oltin» ovullari aholisi, «Qipçoq» avtomatik gaz taqsimlaş stantsiyasi orqali «Beştom» va «Qipçoq» ovullari aholisiga tabiiy gaz yetkazib beriladi. «Manğit-2» avtomatik gaz taqsimlaş stantsiyasining kölami kattaroq bölib, u orqali tumandagi işlab çiqariş va sanoat korxonalari, Örta qalʼa ovulining «Vaxum» aholi punkti, «Yusufxöja» mahallasi va tuman markazidagi 11 mahalla aholisi gaz bilan taʼminlanib kelinmoqda. «Manğit-1» avtomatik gaz taqsimlaş stantsiyasi orqali esa tumandagi 2 ta avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalariga gaz yetkaziladi. Ayni kunlarda tumanda mazkur avtomatik gaz taqsimlaş stantsiyalarida tabiiy gaz bosimini kötarib, qişki mavsumga ötkaziş uçun tegişli çoralar körilmoqda.
Ötgan yilgi qiş mavsumida tuman markazida joylaşgan «Çordara», Oybek, Navoiy, «Böston» mahallalarida tabiiy gaz yetişmovçiligi muammolari aholiga qiyinçilik tuğdirgan edi. Joriy yilda bu muammolarni bartaraf etiş uçun «Qoraqalpoğistongaz» filiali 6-tumanlararo uçastkasi tomonidan yil boşidanoq tegişli çoralar körişga harakat qilindi. «Manğit-2» avtomatik gaz taqsimlaş stantsiyasiga uzoq joylaşganligi sababli tabiiy gaz yetib borişi muammo bölayotgan bu mahallalardagi gaz quvurlari hamda gaz taqsimlaş qurilmalari qayta taʼmirlandi. Ayni kunlarda ham bu yilgi qiş mavsumida mazkur hududlarda muammolar bölmasligi uçun zarur çora-tadbirlar körilmoqda.
– Keyingi yillarda tumandagi avtomatik gaz taqsimlaş stantsiyalariga uzoq masofada joylaşgan hududlarga tabiiy gaz yetkazib beriş imkoniyati bölmaganligi sababli tarmoqdan ajratilişiga töğri kelgan edi, – deydi suhbatdoşimiz J.Yermetov. – Lekin, bu hududda yaşovçi aholi suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlanib kelinmoqda. Ötgan 2016-yilda 1607,2 tonna suyultirilgan gaz olib kelinib, aholiga şundan 1522,4 tonnasi tarqatildi va 5805 dona yangi gaz ballonlari berildi. Joriy yilda esa oktyabr oyiga qadar 1734,6 tonna suyultirilgan gaz olib kelinib, aholi ehtiyoji taʼminlandi. Şu bilan birga zaruratga qarab, 2263 dona yangi gaz ballonlari ijaraga berildi.
"Qoraqalpoğistongaz” filiali 6-tumanlararo uçastkasiga qaraşli "Xolimbeg Servis” markazi 6655 xonadonga, "Kuyukköpir” şoxobçasi 4638 xonadonga, "Qipçoq” şoxobçasi 3256 xonadonga, "Oq oltin” şoxobçasi 2358 xonadonga xizmat körsatib kelmoqda. Filial markaziy omborxonasi esa 3924 xonadon ehtiyojini taʼminlamoqda. Tumanda aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaşni yanada yaxşilaş maqsadida 2014-yilda Amudaryo gaz taqsimlaş punkti qurib işga tuşirilgan edi. Punktda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
Tuman hududidagi ijtimoiy soha va boşqa obʼektlarda ham kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari deyarli amalga oşirilib bölindi. Tuman XTMFMTTEBga qaraşli taʼlim muassasalari, tuman tibbiyot birlaşmasi va kollejlar qozonxonalarini taʼmirlaş va almaştiriş işlari deyarli yakunlandi. Undan taşqari, bu obʼektlarni kömir yoqilğisi bilan taʼminlaş ham rejalaştirilgan bölib, bugungi kunda rejadagi miqdorda kömir jamğarildi. Şuningdek, gaz tarmoğidan ajratilgan hududlarda yaşovçi aholini ham tegişli miqdorda kömir yoqilğisi bilan taʼminlaş rejalaştirilgan. Şu maqsadda ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari tomonidan avval aholi ehtiyoji qançaligi aniqlab olindi. Ayni paytda ehtiyoji mavjud bölgan xonadonlar uçun «Nazarxon» kömir tarqatiş şoxobçasida 1 tonna Angren kömiri 156,6 ming söm narxda tarqatilmoqda.
Davlatimiz rahbari aholining kundalik turmuş tarzi, farovonligi va salomatligiga, ularning yanada yaxşilanişiga doir masalalarga doim eʼtibor qaratib kelmoqdalar. Şu maqsadlar közda tutilib, bu borada tegişli farmon va qarorlar qabul qilindi hamda ularning ijrolari tizimli ravişda taʼminlanmoqda.
Qişning izğirinli kunlarida issiqlik bilan aholini yetarliça taʼminlaşda muammolar bölmasligi va tabiiy gaz yetkazib beriş tarmoqlari zararlangan holatlarda tezkor çora köriş maqsadida bölimda navbatçilar guruhi taşkil etilib, iş jarayoni muvofiqlaştirilmoqda.
Bu kabi işlar aholi va ijtimoiy soha xodimlarining mavsumni qiyinçiliklarsiz ötkazişida muhim omil bölişi şubhasiz.
Ozoda XUDOYBERGANOVA, jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶