PORAXÖRLIK – ZARARLI ILLAT
Korruptsiya va poraxörlik jamiyatni tag-tomiridan kemiradigan, hokimiyat va boşqaruv tizimini izdan çiqaradigan illat hisoblanadi. Mamlakatimizda bunday jinoyatlarga qarşi kuraşiş borasidagi işlar izçilik bilan davom ettirilmoqda.
Bu borada Özbekiston Respublikasi Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 2003-yil 31-oktyabr kungi "Korruptsiyaga qarşi konventsiya”siga qöşilgan bölib, şu asosda bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilgan.
Qonunçiligimizda pora oliş, pora beriş va pora oliş-berişda vositaçilik qiliş jinoyatlari uçun jinoiy javobgarlik belgilangan. Jumladan, Jinoyat Kodeksining 210-moddasiga köra, pora oliş, yaʼni mansabdor şaxsning öz xizmat mavqeidan foydalangan holda moddiy qimmatliklar olişi yoxud mulkiy naf körişi – eng kam oylik iş haqining ellik baravaridan yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Jinoyat Kodeksi 211-moddasining 4-qismida şaxsga nisbatan pora sörab tovlamaçilik qilingan bölsa va uşbu şaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda öttiz sutka mobaynida öz ixtiyori bilan maʼlum qilsa, çin köngildan puşaymon bölib, jinoyatni oçişda faol yordam bergan bölsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilişi nazarda tutilgan.
Qonun buzilişidan manfaatdor böliş, şu maqsadda pora oliş, beriş yoki vositaçilik qiliş eng oğir jinoyatdir. Bunday jinoyatning sodir etilişiga yöl qöymaylik.
Alişer QURBONOV,
Nukus harbiy prokurori yordamçisi, adliya mayori.
(Foto - http://kommersant.uz))

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶