QATʼIY SANITARIYa NAZORATI ÖRNATILDI
Tuman DSENM tomonidan har yilgidek, "Paxta – 2017” yiğim-terim mavsumiga puxta hozirlik körildi. Tumanimiz paxtakorlariga yordam berayotgan haşarçilarning mehnat va dam oliş şaroitlari, oziq-ovqat va içimlik suvi bilan taʼminlanişi ustidan qatʼiy sanitariya nazorat işlari olib boriş maqsadida tuman DSENMning 30-sonli buyruği, 2-bandiga asosan hududlar kesimida MMTP va OFY larga DSENM xodimlari biriktirildi. Biriktirilgan mutaxassislar tomonidan paxta terimida qatnaşayotgan yordamçi-haşarçilar tuşlikda dam oladigan dala şiyponlarining töliq dislokatsiyasi olinib, haşarçilarga şaroit yaratiş, sifatli içimlik suvi, oziq-ovqat taʼminoti, yuviniş joylarini taşkil etiş, hojatxonalarni tartibga keltiriş, surunkali yuqumli kasalliklar bilan kasallanganlar va kasallik taşuvçilari aniqlangan xonadonlarda haşarçilarni joylaştirişni taʼqiqlaş töğrisida MMTP va OFY raislariga tegişli tavsiyalar berildi. DSENM mutaxassislari tomonidan örganilgan hududlarda yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini oliş maqsadida dezinfektsiya, dezinsektsiya va deratizatsiya işlari olib borilmoqda. Har bir hududga tuman tibbiyot birlaşmasining 25-sonli buyruği, 1-bandiga asosan tibbiyot xodimlari biriktirilgan bölib, tibbiy yordam körsatiş uçun tegişli dori-darmon bilan taʼminlaş, doimiy tibbiy körik işlarini olib boriş topşirildi. Haşarçilar orasida ovqatdan zaharlaniş va boşqa yuqumli kasalliklarning kelib çiqişining oldini oliş maqsadida tibbiy ştab taşkil qilinib, tegişli dori-darmonlar bilan taʼminlanib, malakali mutaxassislar jalb etildi. Haşarçilar isteʼmol qiladigan içimlik suvining sifatini tekşiriş uçun suv namunalari olinib, sanitariya-gigiyena va bakteriologiya laboratoriyalarida tekşirib borilmoqda.
Har qanday işning samarasi – soğlom inson mehnatining mahsulidir. Demak, bugun tumanimizning yuksak paxta xirmonini bunyod etiş maqsadida beliga etak boğlab dalaga çiqqan har bir paxtakorning, haşarçining soğligi nafaqat uning özi uçun, balki, el-yurt uçun ham aziz va qadrlidir. Şu bois, tuman DSENM xodimlari har kuni, har soatda va har daqiqada öz örinlarini dalada deb bilib, paxtakor-u dehqonlar, köngilli haşarçilar soğligi uçun qayğurişni öz burçlari deb hisoblaydilar.
Durbek Bobojonov, tuman DSENM boş şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶