YuTUQLARDA HISSAMIZ BOR
Tumanimizda paxta yiğim-terim qizğin davom etayotgan bir pallada muxbirimiz möl paxta hosili yetiştiriş va uni yiğib-terib oliş işlarida faollik körsatgan jamoalar rahbarlari bilan suhbat qildi.
Quyida uşbu suhbat mazmunini eʼtiboringizga havola qilamiz.
Muxbir: – Ayni kunda tumanimiz qişloq xöjaligi mehnatkaşlari davlatga paxta topşirişning şartnomaviy rejalarini bajarişib, ğalaba naşidalarini suriş arafasida.
Bunday yutuqlarimizda Siz rahbarlik qilayotgan jamoaning qanday hissasi bor?
Ilhom Polvonov, "Toşyop” ovulidagi "Bekman Allaberganov” fermer xöjaligi raisi:
– Men rahbarlik qilayotgan fermer xöjaligida bu yil 27 gektar maydonda paxta yetiştirildi. Biz paxta yetiştirişda barça agrotexnika qoidalariga töla amal qildik va pudratçilarimiz bilan hamkorlikni yanada yaxşiladik.
Fermer xöjaligimizda paxta yetiştirişda mehnat qiladigan 20 nafar pudratçining barçasi ham paxtaçilikni yaxşi biladigan kişilar hisoblanişadi. Şu sababli ham dalalarimizga ekilgan paxta yaxşi parvarişlanib, möl hosil töplandi.
Hosilni yiğib-terib olişda pudratçilarimizdan Örozgul Hayitboyeva, Bozorgul Şerboyeva, uyuşmagan aholidan Raʼno Rajabova va Sevara Oqmonovalar ğayrat-şijoat körsatdilar.
Şu bilan birga Manğit şahrining Yangiobod mahallasi aholisi ham paxta yiğim-terimida bizga yaqindan yordam berdilar.
Paxta yiğim-terimi davrida yordamga kelgan kişilarga tuşlik paytida issiq ovqat berişimiz va terilgan paxta uçun iş haqlarini öz vaqtida berib borganimiz iş unumining oşişiga sababçi böldi.
Biz ayni kungaça davlat xirmoniga 60 tonna örniga 70 tonna paxta topşirdik. Dalalarimizda hali hosil möl. Qolgan paxta hosilini ham tez kunlar içida yiğib-terib olib, davlat xazinasiga topşiramiz.
Abdiqodir Tilovmurodov, "Turkmaniston” MMTP raisi:
– Paxta xom-aşyosini yetiştiriş mamlakatimiz qişloq xöjaligi sohasidagi asosiy işlardan biri hisoblanadi. Şu boisdan ham bu yil kelgusi yil hosili uçun qizğin mehnat jarayoni boşlanadi.
Xolimbeg ovuli hududida joylaşgan 26 ta fermer xöjaliklarida paxta hosili yetiştiriladi. Bizning "Turkmaniston” muqobil maşina traktor parkimiz mana şu fermer xöjaliklarini zarur texnika va transport vositalari bilan taʼminlaş böyiça xizmat körsatib, ularning belgilangan rejalarini öz muddatida ado etişlariga yaqindan kömak beradi.
Bu yil bizning hamkorligimiz tufayli ovuldagi barça fermer xöjaliklarida möl paxta hosili yetiştirildi. Paxtani ekişdan tortib, to paxta yiğim-terimi davriga qadar 30 tadan ortiq texnikalarimiz, payvandlaş, tokarlik, temirçilik va taʼmirlaş tsexlarimiz fermer xöjaliklari uçun xizmat qildi.
Ovulimizdagi köplab fermer xöjaliklari davlatga paxta topşiriş şartnomaviy rejalarini muddatidan oldin, oşirib bajarişga muvaffaq böldilar. Ulardan Ş.Avezov rahbarlik qilayotgan "Avezov Şerali” fermer xöjaligi 40 tonna, Ğ.Jumatov rahbarlik qilayotgan "Ğafur traktorçi” fermer xöjaligi 53 tonna, M.Annamurodov raislik qilayotgan "Qiliç Niyozboy arna sohili” fermer xöjaligi 77 tonna, R.Sultonov rahbarlik qilayotgan "Usta Allayar” fermer xöjaligi 100 tonna paxta topşirişga erişdilar. Ularning bu yutuqlari bizlarni ham ruhlantirayapti.
Fermer xöjaliklarimiz dalalarida hali hosil möl. Biz ularga qolgan hosilni ham nest-nobud qilmay yiğib-terib olişlariga, kelgusi yil hosiliga tayyorgarlik körişlariga yaqindan yordam beramiz.
Allambergan JUMANIYoZOV suhbatlaşdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶