22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 22:53
Jamiyat 👁 6,839

OILA TINCh – JAMIYaT BARKAROR

OILA TINCh – JAMIYaT BARKAROR

Tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimiga turmush qurganlariga hali bir yil ham toʻlmagan kelin-kuyov ajrashish uchun ariza bilan murojaat qilishdi.

  Koʻrgan koʻzga ikkovi ham aql-hushi joyida, bir oilani obod qilguday gʻayrati, savlati bor. Biroq oʻzlarining aytishlaricha, oʻzaro urush-janjal, nizolardan shunchalik toʻyib ketishgan ekanki, birga yashashga toqatlari yetmay qolibdi. Hali farzand koʻrishga ham ulgurmagan, ezgu niyatlar, orzu-armonlar bilan oila deya atalguvchi muqaddas qoʻrgʻonni bunyod etgan yoshlarning bu qarori bizni juda ajablantirdi. Ular yashaydigan mahalla oqsoqoli, maslahatchisi va yoshi ulugʻ onaxonlar bilan ularning  oilasidagi muhitni oʻrgandik, ajrimning oldini olish, ahil yashab ketishlariga erishish borasida maslahatlashdik.

Ayon boʻlishicha, ulkan xonadonda uch nafar kelin, katta ikki kelinning besh nafar farzandlari bor ekan. Ota-ona, oʻgʻillar bamaslahat yangi hovli solishibdi. Yangi imoratga uchala kelinning ham koʻchgisi kelib, janjalni avjiga chiqarayotgan ekan.

– Urf-odatlarimizga koʻra, men  kenja oʻgʻil boʻlganim uchun ota-onam bagʻrida qoli-shim kerak. Biroq rafiqam "yangi uyga koʻchmasak, sen bilan yashamayman, eski hovlida yashashni istamayman”, deyapti. Men ham men bilan faqat yangi hovli uchun yashayotgan boʻlsang, bor ketaver, dedim, – deydi kuyov.

Xullas, koʻpchilikning saʼy-harakatlari bilan ularning oilasi saqlab qolindi, katta oʻgʻil yangi hovliga koʻchdi.

Baʼzan, yangi oila qurgan, hatto bir-necha farzandli boʻlgan er-xotinlarning ham hayotdagi arzimas sabablar bilan ajralishga qaror qilayotgani juda tashvishlidir.

Keksalarning turmush qurishda puxta oʻylanish, shoshma-shosharlik qilmaslik lozimligi toʻgʻrisidagi maslahatlarida hikmat koʻp.

Afsuski, keyingi yillarda baʼzi yoshlarning oila qurishga juda yengil qarab, oila masʼuliyatini his qilmay, faqat hamma havas qilgulik toʻy, shohona liboslar, mebellar orzusida turmush qurayotgani bor gap. Natijada toʻydan keyin totuv turmush oʻrniga oʻzaro nizolar boshlanadi. Shu boisdan  ham ajrimlar sodir etilayapti.

2016-yilning dastlabki sakkiz oyi davomida tuman boʻyicha 949 nikoh, 81 ta ajrim qayd etilgan boʻlsa, joriy yilimizning oʻtgan sakkiz oyida 916 ta nikoh va 73 ajrim qayd etildi.

Bu raqamlar ota-onalarni, keng jamoatchilikni bu borada hushyor tortishga undaydi. Boisi oila – jamiyatning kichik bir boʻlagi. Oilalardagi tinch-osoyishtalik, jamiyat tinch-osoyishtaligini taʼminlaydi.

Muborak PRIMBETOVA,

tuman FHDYo boʻlimi inspektori.

(Foto - http://fikr.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026