FARZANDLARIMIZ OTA-ONA NAZORATIDA TAʼLIM OLGANI YaXŞI
Har bir ota-ona uçun farzandining soğligi qançalik muhim bölsa, öqib, ilm olişi, kasb-hunar egallaşi undan-da muhimroq. Bekorga xalqimiz: "yoşlikda olingan bilim – toşga öyilgan naqş”, degan maqolni yaratmagan.
Mening farzandlarim umumtaʼlim maktabining 11-sinfini tamomlab, turli kasb egalari biri – çevar tikuvçi, biri – kutubxona işlari böyiça mutaxassis, yana biri sanʼatkor bölib yetişdilar. Hammalari hayotda öz örinlarini topişdi. Nevaralarim esa...
Töğrisi, katta nevaram örta maxsus, kasb-hunar kollejiga öqişga kirganida juda quvongan edim. Tanlagan yönalişi böyiça yaxşi kasb egasi bölib yetişsa, işlasa, el-yurtga nafi tegsa – qanday yaxşi! Lekin bunday bölmadi. Nevaram öqişga bir kun borsa, 2-3 kunlab darsdan qoladigan, hatto öqişga biron öquv qurolisiz ketadigan kunlari köp böldi. "Nega darslik yoki daftar-qalamsiz öqişga borayotirsan?” – desam, "hamma şunday borişadi, öqiş unçalik bölmaydi”, – deb javob berardi. Özim öqituvçi bölib işlab, nafaqaga çiqqanim uçun kollejlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş maqsadida davlatimiz tomonidan yillar davomida ajratilayotgan milliardlab sömlik mablağlar, barpo etilayotgan kollej binolari, bundan ham muhimi, ayni öqib-örganadigan, kasb-kor egallaydigan yoşdagi farzandlarimizning havoga sovurilgan qimmatli vaqtlariga açinib ketardim, har gal nevaramning bunday gaplarini eşitganimda.
Muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev örta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi sohasini örganib, taʼlimning bu yönalişida yöl qöyilayotgan kamçiliklarga haqqoniy munosabat bildirdilar, 11 yillik majburiy taʼlim tizimini qaytadan joriy etiş taklifini ilgari surganlarida, oçiği, quvonçdan közlarim namlandi. Axir bizning "Çoyköl” ovulimizdan tumanimiz markazidagi va Qipçoq ovulidagi kasb-hunar kollejlariga 3-yil davomida çala-çulpa qatnab öqib, qölida kollej diplomi bilan işsiz yurgan qança yoşlar bor: ularning deyarli barçasi işsiz, işlayotganlari ham yollanma işçilar ekanligini hisobga olsak, farzandlarimizning ota-onasi bağrida, öz uyidan kirib-çiqib, umumtaʼlim maktabida tahsil olgani, haftaning maʼlum kunlarida kasb yönalişlari böyiça öquv kurslari maşğulotlarida qatnaşib, zarur malaka va könikmaga ega bölganlari hamma ota-onalar uçun maʼqul. Şaxsan men nevaralarimning umumtaʼlim maktabida 11 yillik maʼlumot oliş asnosida kasb-kor egallaşlaridan juda xursandman. Öquvçi haftaning belgilangan kunlarida duradgor-ustakorlik, çevarlik, avtomobillarga texnik xizmat körsatiş, buxgalteriya hisobi, haydovçilik, töquvçilik yoki kompyuter mutaxassisligi kabi hunarlarni belgidangan qisqa muddat içida özlaştirib olaveradi. Buning uçun kollejga 3-yil qatnaşi şart emas. Muhimi, farzandlarimiz özimizning nazoratimiz ostida böladi. 11 yillik maktab taʼlimi qayta tiklangani, menimça, har bir oila, ota-ona uçun ayni muddao böldi.
Gulsara KAMOLOVA,
"Çoyköl” ovuli, faxriy öqituvçi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶