22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 20:20
Jamiyat 👁 8,699

XALQ BILAN MULOQOT OLIY QADRIYaTGA AYLANGANDA yoki xalq bu Vatandir

XALQ BILAN MULOQOT OLIY QADRIYaTGA AYLANGANDA yoki xalq bu Vatandir

Publitsistika

(Davomi)

               Kaʼbani obod etgan kabi yaxshilik

– Davlatimizdan, ayniqsa, umrlari uzoq boʻlsin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan cheksiz minnatdorman, –  deydi Mangʻit shahrining «Yangiobod» mahallasi, Kimyogarlar koʻchasida yashovchi Barno Anorova. – Davlat oʻz fuqarosiga, Prezident xalqiga qayishgani shunchalik boʻlar. 1997-yilda tugʻilgan oʻgʻlim ogʻir dardga chalindi. Butun oilamiz bilan uning dardiga malham boʻlishga intilib, yelib-yugurdik. Mamlakatimizning eng nufuzli shifokorlariga olib borib koʻrsatdik. Maʼlum boʻldiki, oʻgʻlimni faqat Rossiya davlatidagina davolatib, hayotga qaytarish mumkin ekan. Koʻz oʻngimda Alpomishday farzandim kun sayin soʻlib borardi. Men  umid bilan Prezidentimizning virtual qabulxonasiga murojaat qildim. 2017-yilning 5-iyun kuni tumanimizga sayyor qabulxona tashrif buyurib, xalq bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Shu kuniyoq oʻgʻlimning kasalligi bilan bogʻliq muammoni hal etishga kirishishdi.

Murojaatdan soʻng Javlonbekni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Onkologik kasalliklar dispanseri bosh shifokori Qurbonov Murod Ismoilovichning qabuliga chaqirishdi va oʻgʻlini Oʻzbekiston  Respublikasi onkologiya markazi tayanch-harakat tizimi oʻsmalari jarrohlik boʻlimiga yotqizib, tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi va taklifi bilan mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Fanlar Akademiyasi Onkologiya ilmiy Markazi direktori M.I.Davidov va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligi huzuridagi Onokologiya ilmiy markazi tayanch-harakat tizimi oʻsmalari harrohlik boʻlimi professori Gʻafur Axunovlar tomonidan oʻtkazilgan tibbiy tekshiruv xulosasiga muvofiq Javlonbek Safarboyevga Rossiya davlatida davolanish uchun yoʻllanma berildi. Bemorni jarrohlik muolajalariga tayyorlash va hayotini saqlab qolish uchun ketadigan barcha xarajatlar davlat hisobidan amalga oshirildi. Bugun Javlonbek va uning ota-onasi Mahmud bilan Barnoning quvonchlari cheksiz:

– Oʻgʻlimizning hayoti saqlab qolindi, – deydi Barno quvonch yoshlarini yashirolmay. – Ilohim, Prezidentimiz xalqimiz, menday onalar, farzandlarimiz baxtiga omon boʻlsinlar. Koʻnglim toshib ketaveradi, bu gʻamxoʻrlik haqida oʻylasam. Axir koʻngil uyim vayron edi, uni davlat gʻamxoʻrligi, Prezidentimizning biz – oddiy xalqqa mehri obod etdi!

Biz ijodiy guruhimiz bilan Mahmudjon va Barnoxonlarning quvonchiga sherik boʻlib, Javlonbek bilan uchrashdik. Javlonbekning sogʻligi, kayfiyati yaxshi.

– Muhimi, men hayotga qaytdim, – deydi Javlonbek. – Maqsadim, dildagi orzularimni  amalga oshirish uchun kurashib yashash. Men kelajakda albatta onkolog-shifokor boʻlaman. Vatanim men uchun qanchalik fidoyilik koʻrsatayotgan boʻlsa, bu mehr va gʻamxoʻrlikni ortigʻi bilan qaytarishga, ona xalqim salomatligi yoʻlida fidoyilik qilib yashashga intilaman.

 

                Prokuror tadbirkorning tarafdori

Yetkazganiga shukur, ming-ming shukur! Adolat, haqiqat manzili bugun ona xalqimizni oʻziga ohanrabodek tortayotir. Mamlakatimizda nainki sudlar, balki prokuratura va IIB tuzilmalari ham bugungi kunda xalq, inson manfaatining chinakkam himoyachisiga aylanib ulgurdi. Endilikda xalq oʻz tadbirkorlik sohasini yoʻlga qoʻyishi uchun oylab ovoragarchiliklar zahrini totmaydi. Qonun posbonlari tadbirkorning eng yaqin himoyachisi!

– Davlat mulki obʼektlarining xususiy sektor vakillariga "nol” qiymatida (bepul) berilishi haqidagi Prezident Qaroridan, ochigʻi, quvonib ketdim, – deydi "Tole” xususiy firmasi rahbari Poʻlat Xoʻjaboyev. – Sababi, koʻpdan beri asosan qurilish, xalq isteʼmol mollarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan firmamiz faoliyatini kengaytirish orzusida yurardim. Lekin qanday qilib? Qaysi joy va qancha mablagʻ evaziga? Axir banklardan kredit olish ham, ishlab chiqarish  korxonasi uchun zarur bino topish ham mushkul edi-da. Shunday boʻlsa-da firmamiz mutaxassislari bilan maslahatlashib, orzuimdagi ishni amalga oshirish uchun harakatni boshlab yubordik.

Tadbirkor Poʻlat Xoʻjaboyev ishga kirishdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan "Tole” xususiy firmasi oʻrtasidagi 2015-yil 29-sentyabr kungi RK-79-sonli shartnomaga asosan firma tomonidan bajarilishi koʻrsatilgan investitsiya majburiyatlari – sobiq ATP-44 bino va inshootlarining 11 600 kvadrat-metr maydonidagi qismini qayta taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish uchun 300 mln. soʻmlik investitsiya kiritish, alyuminiy profillari, PVX, temir-metall va yogʻoch materiallaridan eshik va deraza bloklari, darvozalar ishlab chiqarish, shpatlyovka, suv-boʻyoqlar, shlakobloklar ishlab chiqaruvchi uskunalar sotib olish uchun 2017-yilning 2-choragida 340 mln. soʻmlik, yuqoridagi shartnomaga koʻra, jami 640 mln. soʻmlik investitsiya mablagʻlari jalb etilishi koʻzda tutilgan edi. Amalda "Tole” firmasi tomonidan shartnomada belgilangan investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarildi. Natijada 10 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Yaqinda tadbirkor Poʻlat Xoʻjaboyev yana bir ezgu ishga qoʻl urdi. U firma faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida paypoq toʻquvchi uskunalar sotib olish va shu faoliyat turini rivojlantirish uchun biznes-loyiha tayyorladi va AT "Ipotekabank”ning Qoraqalpogʻiston boʻlimiga 300 mln. soʻmlik kredit soʻrab ariza berdi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha Davlat dasturiga kiritilgan P.Xoʻjaboyevning  ushbu loyihasi amalga oshirilsa, yana 10 ta  yangi ishchi oʻrni yaratiladi. Muhimi, mahalliy homashyo hisobidan ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi ham bugungi Mangʻit bozoridagi narx-navodan ancha arzon boʻladi.

– Yillik 12 foizlik bank krediti uchun barcha zarur hujjatlar topshirilishiga qaramay, kreditni olish muddati kechiktirilayotgani bois, tuman prokuraturasiga murojaat qildik, – deydi Poʻlat Xoʻjaboyev. – Tuman prokuraturasi aralashgach, ishimiz bitadigan boʻldi. Qonun himoyachilari barcha muammolarimizga qalqon boʻlishayotir.

 

        Idoralararo sargardon boʻlgan ona va bola

– "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari  yili” men va nevaram Botirjon uchun cheksiz quvonch bagʻishladi, – mamnuniyat bilan soʻzlaydi Mangʻit shahrining "Gulzor” mahallasi, Avaz Oʻtar nomli koʻchasida istiqomat qiluvchi Gulchehra opa Salayeva. – Prezidentimizning inson omiliga yuksak eʼtibori bois, mening uzoq yillik armonim ushaldi. Oʻgʻlim Botirjon Rajapboyevga Oʻzbekiston fuqaroligi pasporti topshirildi.

Ehe, Gulchehraxon opa Salayeva oʻgʻil nevarasi Botirjon Rajapboyevning fuqarolik pasportini olishi uchun qancha eshiklarga bosh urdi, qanchalab maʼmurlar qabulida boʻldi. Jondan aziz qizi Tozagulni  qoʻshni davlat – Turkmanistonda  yashovchi qarindoshlaridan biriga turmushga berishdi. Taqdir ekan, Tozagul oʻgʻli Botirjonni dunyoga keltirdi-yu oʻzi...

Murgʻak goʻdakni onaxon oʻz tarbiyasiga oldi. Yaxshi tarbiya koʻrgan Botirjon maktabda oʻz xulqi, aʼlo oʻqishi, bilan ustozlari eʼtiborini tortdi. 12 yoshida Nukus shahridagi futbol sportiga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabiga oʻqishga qabul qilindi. To ushbu oʻquv maskanini  tugatguncha u taniqli sportchiga aylandi. Turli sport musobaqalarida ishtirok etib, oʻnlab medallar, sertifikatlar sohibi boʻldi. Lekin uning Turkmaniston  Respublikasida tugʻilgani bois, Oʻzbekiston fuqaroligi pasportiga ega boʻlishi juda qiyin kechdi. Bu jarayon uzoq choʻzildi. Shu bois, u iqtidorli sportchilar foydalanishi mumkin boʻlgan koʻplab imtiyozlardan foydalana olmadi.

– Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nukus shahridagi Xalq qabulxonasiga murojaat qilgandim, tezda eʼtiborga olishdi, – quvonchini yashira olmaydi Gulchehra opa. – Xudoga shukur, Botirjon oʻgʻlimga yaqinda Prezident Farmoniga asosan fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirildi. Xalq dardini tinglab, muammolariga yelka tutib, davlat idoralari bilan oddiy xalq oʻrtasida mehr-muruvvat, samimiyat va insoniylik munosabatlarini oʻrnatib, qalblarda yuksak ishonch uygʻotgan Prezidentimizga ming rahmat!

Tengqurlari fuqarolik pasporti olganlarida koʻngli singan bola, necha oylab idorama-idora sargardon boʻlib, dili ranjigan ona  shodligiga taʼrif yoʻq.

Xalq dardi bilan yashayotgan hukumat va hukumat idoralari, xalq oldida hisob berayotgan maʼmurlar, rahbarlar, deputatlar, eshiklarini lang ochib, xalq tashvishlarini yengillatish maqsadida turfa murojaatlar, shikoyat va arizalarni oʻrganib, muammolarga yechim izlayotgan mutaxassislar, ong-u shuurida adolat, tillarida haqiqat, qalblarida pokdomonlikni zohir qilib, xalqqa qayishib turgan qonun himoyachilari bugun mamlakat boʻylab adolat, haqiqat mezonlaridan turib soʻz aytishayotir. Soʻzki, hazrat Navoiy taʼbir qilganlariday, xalq koʻnglini koʻtargulik, Kaʼba vayronasini obod qilmoq darajasida! Demak, Vatanda Adolat, Haqiqat  va Samimiyat daraxtlari boʻy tiklayotir.

Beixtiyor Prezidentimizning baland minbar aro  sarbaland yangragan ushbu soʻzlari dillarda  takror jaranglaydi:

– Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan – shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham – shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan – shu xalq!

Shunday ekan,biz birinchi navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak, odamlarimiz bilan. Kim bilan bamaslahat ish tutishimiz kerak, avvalo xalqimiz bilan.

Shunda xalqimiz bizdan rozi boʻladi. Xalq rozi boʻlsa, ishimizda unum va baraka boʻladi. Yaratgan ham bizdan rozi boʻladi!

Perzidentimiz bu haqiqatni xalq hayotiga olib kirgan kun, nazarimda, "yarq” etib  koʻzimiz ochildi. Nima uchun, qaysi ezguliklar uchun yashayotganimiz va yashashimiz kerakligini anglab yetdik. Prezidentimiz aytmoqchi, axir xalq – bu Vatandir, Vatan  esa Xalq boshidagi toj, tomiridagi qon, jismidagi jon, misli et bilan  tirnoq! Ana shu uzilmas rishtaning mutanosibligi – elni, yurtni XALQ VA MAMLAKATni oʻstiradi, jahonda tengsiz qiladi. Demak, har birimizning  jismimiz aro jo boʻlgan jon aro azizlik Vatanga xos, Xalqqa xos!

El-u Xalq, Vatan omon, istiqlol mangu boʻlsin!

Robiya YOʻLDOShEVA, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026