17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 17:20
Jamiyat 👁 2,325

YoShLARGA OID DAVLAT SIYoSATI – TARAQQIYoTIMIZ KAFOLATI

YoShLARGA OID DAVLAT SIYoSATI – TARAQQIYoTIMIZ KAFOLATI

Mana, yigirma olti yildirki, mustaqil yurtimizda Mustaqillik kunini eng ulugʻ bayram sifatida katta quvonch va tantana bilan kutib olish ezgu qadriyatga aylangan. Bunda davlatimiz rahbarining sana munosabati bilan qabul qilgan qarorlari muhim dasturilamaldir. Bu yil ham Prezidentimizning "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori matbuotda eʼlon qilindi. Undagi "Fidoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston!” degan ezgu gʻoya muqaddas bayramimizning bu yilgi bosh shioriga, aylandi.

Mustaqillikka erishish ostonasida Birinchi Prezidentimiz yangi davlat va jamiyatni barpo etish bilan bogʻliq kun tartibidagi eng muhim masalalardan biri sifatida yoshlarga oid davlat siyosati hamda uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish vazifasini qoʻygani bejiz emas.

Bugungi kunda ham yoshlarimizni ijtimoiy-siyosiy xavf-xatarlardan, mafkuraviy xurujlar majmuasi boʻlmish maʼnaviy tahdidlardan himoya qilish kun tartibidagi eng dolzarb muammolardan boʻlib qolmoqda.

Yangi tahrirdagi "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonunning hayotga tatbiq qilinishi ertamiz egalarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini mustahkamlash, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning masʼuliyatini kuchaytirish, sohada koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yuksaltirish imkonini beradi. Unda yoshlar boʻyicha davlat siyosatining maqsad va tamoyillarigina emas, balki bugungi kun nuqtai nazaridan ular bilan bogʻliq oʻta printsipial masalalar oʻz aksini topgan. Iqtidorli oʻgʻil-qizlarni ragʻbatlantirish, yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, ular uchun zarur ijtimoiy xizmatlar tizimini yaratish, yosh oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish, voyaga yetmaganlar, shuningdek, yoshlar qatlamining ayrim toifalarini ijtimoiy muhofaza qilish ana shular jumlasidandir.

Qonunning eng muhim jihatlaridan biri – bu yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mahallalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining oʻrni aniq belgilab qoʻyilganidadir. Ayniqsa, mazkur tuzilmalar huquqlarida yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi, davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning roʻyobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish belgilangani mamlakatimizda «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» kontseptsiyasini amalga oshirishda, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga egadir.

Umuman olganda, Qonun yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Muqaddas BEKNAZAROVA,

40-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026