14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 15:01
Fan va taʼlim 👁 5,437

Taʼlim sifati va samaradorligini oshirish – davr talabi

Inson kamolotida taʼlim va tarbiyaning oʻrni alohidadir. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida oʻqituvchilar faoliyatiga alohida eʼtibor bilan qaralmoqda.

Oʻtgan yili kasb bayramimiz arafasida Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning oʻqituvchi va murabbiylarga yoʻllagan bayram tabrigida shunday soʻzlar bor edi: "Ayni paytda bugungi kunda oldimizda yanada muhim va dolzarb vazifalar turganini hammamiz yaxshi tushunamiz. Shu borada ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, uning nafaqat davr bilan hamohang boʻlishini, balki zamondan oldinda yurishini taʼminlash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilgʻor usullaridan keng foydalanish, bu ishlarni xorijdagi nufuzli markazlar bilan hamkorlikda olib borish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, oʻqituvchi va domlalarning mashaqqatli va masʼuliyatli mehnatini har taraflama ragʻbatlantirish bilan bogʻliq vazifalarni amalga oshirish, qisqa qilib aytganda, hayotimizga katta kuch boʻlib kirayotgan yangi avlodimizni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar safarbar etiladi.”

Oradan oʻtgan qisqa vaqt ichida taʼlim tizimida tub burilishlar yasovchi, yoshlarimizni tom maʼnoda kelajak egalari qilib voyaga yetkazish yoʻlida muhim omil boʻluvchi islohotlar amalga oshirildi. Avvalo, muhtaram Prezidentimiz bu borada eng dastlabki boʻgʻin – maktabgacha taʼlim tizimini yanada isloh qilishga eʼtibor qaratdilar. Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabr kungi "2017-2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha 2017-2021-yillarga moʻljallangan dastur tasdiqlandi. Ushbu dastur asosida birgina bizning tumanimizda yaqin 5-yil ichida jami 15 ta maktabgacha taʼlim muassasalari binolarida qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Jumladan, 10 ta MTM binosi kapital rekonstruktsiya qilinadi yoki yangidan quriladi, 5 ta muassasa binosi esa kapital taʼmirlanadi. Bu ishlarga 11,6 mlrd. soʻm byudjet mablagʻlari ajratilishi koʻzda tutilgan.

Endilikda quvvati 70 va 120-oʻrinli zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasalarining yangidan qurilishi va deyarli barcha muassasalar huzurida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli guruhlar tashkil qilinishi hisobiga bu koʻrsatkich ancha yaxshilanib, maktabgacha taʼlim muassasalariga qatnovchi bolajonlarning safi yanada oshadi. Orolboʻyi mintaqasida joylashgan maktabgacha taʼlim muassasalarida ota-onalar badal toʻlovining 50 foizgacha kamaytirilishi esa bu borada katta ragʻbat boʻlayotir.

Prezidentimizning 2017-yil 7-fevral kungi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida ham ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilangan boʻlib, bu borada taʼlim va fan sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, dastur uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash, jihozlash, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish, umumiy oʻrta taʼlim sifatini tubdan oshirish, yangi bolalar sporti obʼektlarini, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish, oliy taʼlim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragʻbatlantirish kabi ustuvor vazifalarni oʻz ichiga oladi.

Muhtaram Yurtboshimizning shu yil 14-mart kungi "Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 20-aprel kungi "Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari ham taʼlim tizimini uzviy rivojlantirish, pirovardida esa barkamol avlod taʼlim-tarbiyasini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil boʻlmoqda.

Tumanimizdagi jami 82 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari, 37 ta maktabgacha taʼlim muassasalari, tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi hamda "Barkamol avlod” bolalar markazida jami 4 ming nafardan ortiq oʻqituvchi va murabbiylar faoliyat yuritmoqda.

Umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan jami 3510 nafar oʻqituvchilarning 2900 nafari, maktabgacha taʼlim muassasalaridagi jami 412 nafar oʻqituvchi va tarbiyachilarning 96 nafari, sport maktabidagi jami 52 nafar oʻqituvchi-murabbiylarning 32 nafari hamda "Barkamol avlod” bolalar markazidagi 47 nafar oʻqituvchilarning 12 nafari oliy maʼlumotli kadrlardir. 2016-2017 oʻquv yilida tuman umumtaʼlim maktablarida 12 nafar ingliz tili oʻqituvchisiga ehtiyoj mavjud. Boshqa fanlar boʻyicha mutaxassis oʻqituvchilar bilan toʻliq taʼminlangan.

Prezidentimizning joriy yil 9-avgustdagi "Oliy taʼlim muassasalarida pedagogika yoʻnalishida maxsus sirtqi boʻlimlarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori taʼlim muassasalarining maktabgacha, boshlangʻich, musiqa, tasviriy sanʼat, chet tillari, mehnat taʼlimi, jismoniy tarbiya yoʻnalishlari va boshqa fanlar boʻyicha oliy maʼlumotli pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, tumanlar va qishloq joylardagi taʼlim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda ularni tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish orqali taʼlim sifatini yaxshilashga xizmat qilishi bilan yanada ahamiyatlidir.

Bugungi globallashuv davrida nafaqat yoshlarning ong-u shuurida boʻshliqqa yoʻl qoʻymaslik, balki ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilib, fan va sport bilan yanada chuqurroq shugʻullanishlariga sharoit yaratish masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu sababli oʻtgan 2016-2017 oʻquv yilida xalq taʼlimi muassasalarida jami 790 ta toʻgaraklar tashkil qilinib, ularga 19 ming 362 nafar oʻquvchi jalb qilindi. Shuningdek, umumtaʼlim maktablarida tashkil qilingan 250 ta fan toʻgaraklariga 4915 nafar, kasbga yoʻnaltirish maqsadida tashkil qilingan 114 ta toʻgaraklarga jami 2241 nafar, maktablarda tashkil qilingan 154 ta sport sektsiyalariga 3028 nafar oʻquvchilar jalb qilindi.

Bundan tashqari, "Barkamol avlod” bolalar markazidagi 48 ta toʻgaraklarga 965 nafar, maktabgacha taʼlim muassasalaridagi 37 ta toʻgaraklarga 942 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olindi.

Bolalar sportini rivojlantirish, kelajagimiz egalarini ommaviy sportga jalb qilgan holda ularning sogʻlom boʻlib voyaga yetishlariga koʻmaklashish maqsadida Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida sportning 20 turi boʻyicha 164 ta toʻgaraklar tashkil qilingan boʻlib, toʻgaraklar ishtirokchilari soni 2200 nafarni tashkil qiladi. 6 ta maktablarda tashkil qilingan maxsus axborot-resurs markazlariga 4671 nafar yoshlar aʼzo boʻlib, bosma va elektron shakldagi kitoblarni mutolaa qilish orqali bilim va dunyoqarashini kengaytirmoqda. Joriy yil 12-yanvarda qabul qilingan Prezidentimizning "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida”gi farmoyishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarishi, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirishda muhim omil boʻlishi shubhasiz.

Bu kabi eʼtibor va mashaqqatli mehnatlarning samarasi yoshlarimizning ilm va fan sirlarini puxta egallab, kelajagimiz bunyodkori sifatida oʻzini namoyon qilayotganida, "Bilimlar bellashuvi”, fan olimpiadalarida, turli tanlovlar va musobaqalarda yuksak natijalarni qoʻlga kiritayotganida oʻz aksini topmoqda.

Umumtaʼlim maktablarida fanlar olimpiadasi faqat 9-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida 21 ta fan boʻyicha oʻtkazildi.

Joriy oʻquv yilidagi fanlar olimpiadasida jami 9-sinf oʻquvchilarining 60 foizdan ziyodi ishtirok etishdi. Shulardan tuman bosqichida 844 nafari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida esa 43 nafari ishtirok etib, 9 ta sovrinli oʻrinlarni yengib olishdi va umumjamoa hisobida Qoraqalpogʻiston Respublikasida uchinchi oʻrinni egallashdi.

Bilimlar bellashuvining tuman bosqichida quyi bosqichlarda yuqori ball toʻplashga erishgan 5-8-sinf oʻquvchilaridan jami 2036 nafari ishtirok etib, 35 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.

Albatta, fanlar olimpiadasi, "Bilimlar bellashuvi” mavjud maktablarimizda taʼlim-tarbiya ishlarining qay yoʻsinda olib borilayotganligini koʻrsatuvchi koʻzgudir.

Psixologlarning fikricha, hayotda qobiliyatsiz, zehnsiz bolaning oʻzi boʻlmaydi. Biz ustozlar bolalardagi yashirin qobiliyatni anglashimiz, uni rivojlantirishga koʻmaklashishimiz lozim.

Eʼtibor berganmisiz, maktablarning baʼzi oʻqituvchilari muntazam "Bilimlar bellashuvi”, fanlar olimpiadasi gʻoliblarini tarbiyalab chiqarishadi. Baʼzi oʻqituvchilar esa faoliyati davomida biron bolani yutuqlarga yetaklay olmaydi.

Biz oʻqituvchi va murabbiylarning asl maqsadimiz bugungi shiddatkor zamonamizga mos avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish ekan, bu ezgu maqsad yoʻlida hamma baravar sidqidildan mehnat qilmogʻimiz lozim.

Aziz hamkasblarimiz bu vazifaning salmogʻini teran his qiladi va kelgusida shunga muvofiq mehnat qiladilar, deb umid qilamiz.

Joriy 2017-2018 oʻquv yili umumtaʼlim maktablarimizda xayrli bir oʻzgarish bilan boshlanayotgani barchamiz uchun alohida diqqatga sazovordir. Oʻzgarish shuki, endilikda 9-sinf bitiruvchilari oʻz ota-onasi bagʻrida, qadrdon maktabida, 9-yil bir ota-ona farzandlariday boʻlib ulgʻaygan sinfdoshlaridan ayrilmay, oʻqishni 10-sinfda davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar. Bunda albatta, oʻquvchining xohish-istagi inobatga olinadi.

9-sinf bitiruvchilarining ehtiyojini aniqlash va shunga muvofiq taʼlimning keyingi bosqichiga jalb qilish maqsadida 3-marta soʻrovnoma oʻtkazildi.

Soʻrovnoma 9-sinf bitiruvchisining ota-onasi, sinf rahbari, maktab psixologi va direktori ishtirokida oʻtkazildi.

Soʻrovnomada 83 ta maktabning 3369 nafar 9-sinf bitiruvchilarining 2386 nafari 10-sinfda, 178 nafari akademik litseyda, 805 nafari esa kasb-hunar kollejlarida oʻqishni davom ettirish istagini bildirishgan.

Shuni taʼkidlash joizki, joriy oʻquv yilida tumanimizdagi 73 ta maktabda 11-yillik taʼlimga 2380 nafar 9-sinf bitiruvchilari qamrab olinayapti. Taʼlimni oʻz maktablarida davom ettiradigan oʻquvchilarga tashkil etilayotgan oʻquv ishlab chiqarish majmualarida zardoʻzlik, chilangarlik, pazandalik, chorvachilik, avtomobillarni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish, duradgorlik, tikuvchilik, sartaroshlik, kompyuter operatori, oshpazlik, asalarichilik, qurilish ishlari ustasi kabi kasblar ham oʻrgatilishi rejalashtirilmoqda. Albatta bunda ham oʻquvchining qiziqishlari inobatga olinadi.

Bir soʻz bilan aytganda, oldimizda yaqinlashib kelayotgan 2017-2018 oʻquv yilida amalga oshirishimiz lozim boʻlgan ishlar koʻlami keng, masʼuliyati esa zalvorli.

Oʻz hayotini ongli ravishda yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga bagʻishlagan ustozlar va murabbiylarimizning barchasi bu vazifalarning ijrosiga mahkam bel bogʻlaydilar va yorugʻ yuz bilan uddasidan chiqadilar, deb ishonaman.

Hademay maktablarimiz bagʻriga oʻquvchilarimiz orziqib, sogʻinib kirib kelishadi.

Ana shu begʻubor bolalarning  taqdiri, kim boʻlib voyaga yetishi bizning mehnatimizga koʻp jihatdan bogʻliq ekanligini bir lahza ham unutmaylik! Bu yoʻlda barcha hamkasblarimizga muvaffaqiyatlar, tolmas kuch-quvvat tilayman.

Otabek YOʻLDOShOV,

tuman XTMFMTTEB mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019