HAR UY VA HAR BIR INShOOT BAYRAMONA BEZATILMOQDA
Tinch va osuda yurtimizga koʻz tegmasin! Yildan-yilga yanada chiroy ochib borayotgan farovon yurtimizga, ahil va odamgarchilikli, mehmondoʻst xalqimizga faqat toʻylar, bayramlar yarashadi.
Oʻzbek xalqida bir odat bor: toʻy va bayramlar oldidan uyini, ishxonasi va mahallasini saranjom-sarishta qilib qoʻyadi.
Bizning 30-sonli maktabimizda ham mustaqillik bayrami arafasida obodonlashtirish ishlari olib borilib, koʻrgazma tashkil etildi, ahil jamoamiz bu tadbirda ishtirok etdi.
Koʻrgazmaga tumanimiz mutasaddi rahbarlari, taʼlim muassasalari direktorlari va keng jamoatchilik tashrif buyurib, mavjud kamchiliklar va yutuqlar haqida oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Bunday bayramoldi koʻrgazmalar ayni kunlarda tumanimizdagi barcha idora va tashkilotlarda, mahallalarda navbatma-navbat davom etmoqda. Bu esa Mustaqilligimizning 26 yilligiga oʻziga xos tayyorgarlik vazifasini oʻtamoqda. Xullas, yurtimizning jonkuyar xalqi tashabbusi bilan diyorimiz husniga-husn qoʻshib turgan koʻrkam binolar, uylar ulkan shodiyonaga munosib bezatilmoqda.
Dilnoza FAYZULLAYeVA,
30-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.
(Foto - https://www.gazeta.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶