17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 16:35
Jamiyat 👁 4,162

OʻTGAN KUNLARGA BIR NAZAR...

OʻTGAN KUNLARGA BIR NAZAR...

Inson vaqt oʻtib, nafaqa yoshiga yetganda, oʻtmishiga bir nazar tashlab, bolalik, yoshlik, qarilikning ilk davrlarini esga oladi. Yaqin qarindoshlar, ota-ona, qoʻshnilar, oshna, yor-doʻstlar bilan kechgan umr yoʻllarini xotirlaydi.

Vaqt oʻtishi bilan inson koʻp narsaga eʼtibor berar ekan. Hayotdagi baʼzi bir yutuqlar, gʻalabalar, kamchiliklar xayol koʻzgusida jonlanib, ayniqsa, talabalik "oltin davr”ini juda ham koʻmsar ekan inson.

Men 1952-yil 19-oktyabrda tugʻildim. 1975-yilda oʻsha paytdagi QDPI jismoniy tarbiya fakultetini muvaffaqiyatli tugatdim. Sportning voleybol turi boʻyicha 1966, 67-, 68-, 71-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻquvchilar spartakiadasi chempioni boʻldim. 1973-yil Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar birinchiligida kumush medal sovrindori, 1973-yil Oʻzbekiston Respublikasi spartakiadasi ikkinchi oʻrin sohibi boʻldim. Ustozlarim Rustam aka Yuldoshev va Kulakov Yuriy Ivanovichdan cheksiz minnatdorman!

Sportda, hayotda erishgan barcha yutuqlarim uchun ustozlarim va rahmatli ota-onamga qalbimda cheksiz hurmat va ehtirom bilan yashayman.

Xalqimizda "hovli olma, qoʻshni ol”, degan ajoyib hikmat bor. Men umr yoʻldoshim Shukurjon bilan "Boyovul” mahallasiga koʻchib oʻtgan kunimizdan boshlab, meni yaxshi qoʻshnilarga hamroh qilgan taqdirimdan minnatdorman. Chunki hayotimdagi yaxshi-yomon kunlarimda (yomon kunlar hech qachon boʻlmasin!) jondek aziz qoʻshnilarim menga qoʻl-qanot boʻlib kelishadi. Biz mahallamizning fidoyi insonlari (Alloh rahmatiga olgan boʻlsin!) – Shomurod ogʻa Ernafasov, Toʻlgʻon opa, Gulchehraxon opalar, Neʼmat va Amin akalar, mashinalar ustasi Ozod aka, har doim uzogʻimizni yaqin, ogʻirimizni yengil qilishga intilib turguvchi shofyor Toʻliboy va Hamza akalar, Davlatboy aka Kamolov, ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi Zina opa, Ismoil aka Yusupov, Jumaboy Qurbonov, Hayitboy ogʻa, soʻzlari shirin, mehribon Oymon va Gavhar opalardan hayot ilmini, oʻzbekona tutumlarni, mehr-oqibat va totuvlikda yashash ilmini oʻrgandik.

Baʼzan oila va hayot tashvishlaridan charchab, horgʻin kayfiyatda yurgan paytlarimda ana shu ulugʻ insonlar bir ogʻizgina shirin soʻzlari bilan mening  koʻnglimni togʻday koʻtarib yuborishganlarini eslasam, haqiqatan ham qarindoshday mehrlari jonimga tutash insonlar, hayot qiyinchiliklarini, sinovlarini mardona yengib oʻtishim-da ahil va inoq qoʻshnilarim, hesh-aqrabolarim – yaqinlarimning oʻrni naqadar katta ekanligini his etaman.

Yaxshi zamonlar keldi, azizlar! Yayrab ishlaydigan, huzur qilib, yangiliklar sari intilib yashaydigan, halol mehnat qilgan kishi qadr topadigan davr bu! Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli hayotimizga kirib kelayotgan chiroyli oʻzgarishlar, Qoraqalpogʻiston va tumanimiz miqyosidagi yuksalishlar kishining qalbiga faxr va zavq bagʻishlaydi. Shular haqida oʻylarkanman, yana yoshligimga qaytgim, Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlash yoʻlidagi ezgu ishlarda jasorat va matonat koʻrsatib  ishlagim keladi, dilimda hozirgi yoshlarga havas uygʻonadi va:

– Toʻlib-toshib, hayotdan zavq olib yashang, bolalarim! Oʻqing, yuksak ilm choʻqqilarini zabt eting! Zero, siz yoshlarning eng ulugʻ matlabingiz shudir, sizni ona Vatan qoʻllab, ona Vatan kutmoqda! – deyman.

Baxtiyor RAJABOV,

sport taʼlimi faxriysi, "Boyovul” mahallasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026