QAY BIRI IŞONÇLI: DARSLIKMI YoKI QÖLLANMALAR?
Yaqindagina OTMlarga öqişga kiriş uçun abituriyentlar davlat test sinovlaridan ötişdi. Guvohi bölib turganimizdek, oliy öquv yurtiga öqişga kirişga intilayotgan abituriyentlar soni yildan yilga oşib bormoqda.
Bu yoşlarning ilm olişga va kelajakda öz tanlagan kasbini egallaşga intilişi samarasi, albatta. Hozirgi kunda oliy öquv yurtiga öqişga kiriş uçun tayyorlanayotgan abituriyentlar oldida öqiş kerak bölgan material yuzasidan muammo tuğilyapti. Sababi ularga möljallanib çiqarilayotgan turli fanlardan juda köplab qöllanmalar mavjud. Qolaversa, bitta fanning özidan deyarli har yili bir neçta, yangi qöllanmalar çiqarilmoqda. Endi masalaning eng nozik tomoniga töxtalsak. Bu qöllanmalardagi maʼlumotlar orasida har xillilik yuzaga kelgan. Faqatgina eng mukammal darajadagi manba bu – maktab darsliklari bölib qolmoqda. Ulardagi maʼlumotlar abituriyentlarga tuşunarli qilib beriladi va kamida 4-yildan özgartiriş kiritiladi.
Qöllanma va maʼlumotnomalar faqat taşqi körinişining özgarişi bilan kimlargadir tijorat manbaiga aylanib qolmoqda. Misol uçun ona tili darsligida dunyoda 3000 dan ortiq til bor, deyilgan bölsa, maʼlumotnomalarda bu 7000 dan ortiq deb berilgan. Qolaversa, boşqa qoidalar, tarixdagi sanalar, atamalarning izohi ham har xil berilgan. Turfa maʼlumotlardan foydalaniş abituriyentlarni çalğityapti. Şuning uçun repetitorlar ham abituriyentlar uçun eng maʼqul manba qilib darsliklarni aytişadi. Darhaqiqat, şuni taʼkidlab ötiş lozimki, davlat test markazi test savollarini maktab va litsey darsliklari asosida tuzişini tasdiqlagan.
Şunday ekan, oliy öquv yurtiga kiriş uçun tayyorgarlik körayotgan yigit-qizlar işonçli manbalarni öqib-örganişlari lozim.
Oxunjon ABDULLAYeV,
Qoraqalpoq Davlat universiteti özbek filologiyasi fakulteti talabasi.
(Foto - http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶