17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 17:26
Jamiyat 👁 4,626

DEPUTAT XALQ VAKILI BOʻLA OLAYaPTI(MI?)

DEPUTAT XALQ VAKILI BOʻLA OLAYaPTI(MI?)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda Oʻzbekiston Ekologik harakati vakillari bilan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishidagi "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi boʻlishi kerak” mavzusidagi maʼruzasini juda katta eʼtibor va kuchli hayajon bilan eshitib oʻtirdim. Chunki oʻzim ham Oʻzbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida deputatman. Bir hududdan ketma ket ikki marotaba saylanish baxtiga erishganman. Garchi oʻzim saylangan okrug hududidagi har bir mahallani, deyarli har bir xonadonni, shu hududdagi ijtimoiy soha obʼektlarini – umuman pastu balandini yaxshi bilsamda, tez-tez muloqot qilib turgan boʻlsamda, lekin shu yerda yashovchi aholining turmush darajasini yanada oshirish, ular oʻrtasida kichik biznes va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, yoshlarning dunyoqarashi va qiziqishlari bilan shugʻullanish, ular oʻrtasida turli noxush holatlarning oldini olish kabi ishlarni toʻlaqonli bajara olmayotganimni tushundim. Eng muhimi, siyosiy partiya aʼzosi va deputat sifatida oʻz vakolatimdan yetarlicha foydalana olayapmanmi va menga qoʻyilgan talablarni  uddalay olayapmanmi, degan savolni bugun oʻzimga oʻzim berayapman. Maʼlumki, mamlakatimizda bugungi kunda 4 ta siyosiy partiya mavjud. Ular oʻzlarining ustavi va harakat dasturiga ega. Garchi nodavlat notijorat tashkiloti boʻlsa ham hokimiyat uchun kurashish huquqi qonun bilan siyosiy partiyalarga berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarni qoʻlga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi” deb belgilangan. Mana – mamlakatimizda siyosiy partiyalarga qanday kuch va vakolat berilgan!   Qonun chiqarish va ularga oʻzgartirishlar kiritish, qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratini oʻrnatish, ijro etuvchi hokimiyatning hisobotini eshitish va yana bir qancha vakolatlarni sanashimiz mumkin.

Xoʻsh bu vakolatlardan siyosiy partiyalar qanday foydalanayapti? Davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiya sifatidagi oʻz oʻrnini topa oldimi? Deputat xalq vakili sifatida odamlarning dardu tashvishini yengillashtirish, ular uchun qulay shart-sharoit yaratishga koʻmaklashish borasida oʻziga qonun bilan yuklatilgan vazifalarni qay darajda bajarmoqda? Xalq  deputatga va u orqali siyosiy partiyalarga ijobiy baho berayaptimi? Bu savollarni yana davom ettirishimiz mumkin. Afsuski, ularning barchasiga ham  ijobiy javob berolmaymiz.

Muhtaram Prezidentimiz oʻz maʼruzalarida mana shu achchiq haqiqatni "mudrab yotgan” partiyalar va ulardan saylangan deputatlar koʻz oldida namoyon qilib berdi.  Darhaqiqat deputat qachon tom maʼnoda xalq vakiliga aylanadi, qachonki oʻzini saylagan, unga ishongan xalq nomidan ish koʻra olsagina ishonchga sazovor boʻladi.

 Shu maʼnoda oʻzim aʼzo boʻlgan "Milliy tiklanish” demokratik partiyasining saylovoldi platformasida nazarda tutilgan koʻpgina yoʻnalishlarni amalga oshirishda oqsab qolayotganimizni sezib, juda xijolat tortdim.

Prezidentimizning mazkur maʼruzalari siyosiy partiyalar hayotida tarixiy burilish yasashga asos boʻladi, desam hech mubolagʻa emas.  Agar biz oʻz oldimizga maqsadni va vazifani toʻgʻri qoʻya bilsak, keyin shu vazifalarning toʻlaqonli ijrosini taʼminlay olsak va bunga bizni saylagan saylovchilarimizni ishontira bilsak, partiyamiz oʻzining tarixiy missiyasini bajargan boʻladi.

Hech mubolagʻasiz aytish kerakki, Oʻzbekistonning bugungi shiddati koʻpgina davlatlarning, hattoki rivojlangan davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning ham diqqat-eʼtiborini oʻziga qaratib, jahon koʻz oʻngida yurtimizning jozibadorligini oshirmoqda.

"Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” gi Qarorning mazmun-mohiyatini muhokama qilib koʻrib, yurtimizda turizmni rivojlantirishda hali ochilmagan juda katta imkoniyatlar borligini, jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Amudaryo tumanida ham bu imkoniyatlar toʻla ishga solinmaganligi va bunda partiyaning roli sezilmayotganiligini tushundim.

Birgina misol: qadimiy va navqiron Chilpiq esdaligi. Bu yerga yoʻl usti koʻpdan koʻp sayyohlar kelib ketayotganligiga guvoh boʻlib turibmizu, lekin mashhur tarixiy obidani turizm yoʻnalishiga qoʻshish, u yerda turistik baza yaratish yoʻlida hech qanday harakatlar boshlangani yoʻq. Bu yerda bizning vazifamiz qizquvchan yaxshi bir tadbirkorni topib, unga koʻmaklashib, esdalik atrofida kamida 4-5 ta oʻtov tikib, uni qadimiy milliy anʼanalarga mos ravishda bezatib, turistlar uchun qulayliklar yaratib, ularning eʼtiborini tortadigan yana qanday tadbirlar boʻlsa amalga oshirishga turtki boʻlish va koʻmaklashish, turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda bu yerni turizm yoʻnalishiga qoʻshish, yaxshi tarjimon topish kabi ishlarni amalga oshirish lozim boʻladi. Eng muhimi bu yerda yana bir necha ish oʻrni yaratiladi.

Yoshlar ongida milliy gʻurur tuygʻusini shakllantirishda boy madaniy va maʼnaviy tariximizni bilish, uni asrab-avaylash juda katta oʻrin tutadi. Milliy gʻururi, maʼnaviyati tarbiyalangan insonni har qanday zararli gʻoyaviy taʼsirlar oʻz domiga ilintira olmaydi.  Bu borada Prezidentimizning "Partiyalar fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning gʻoyaviy, mafkuraviy ehtiyojlarini qondirishi shart. Agar partiyalar bunga erisholmasa, bu boʻshliqni gʻaraz niyatli kuchlar toʻldirishga harakat qilishi shubhasiz. Ayrim hollarda toʻldiryapti ham – buni yashirishning hojati yoʻq” degan soʻzlari "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi "Yoshlar qanoti”ning yanada faol ishlashi uchun asos boʻlishiga shubha yoʻq.  

"Milliy tiklanish” demokratik partiyasining oʻz oldiga qoʻygan maqsad va vaziflaridan kelib chiqib, deputatlik faoliyatimizni tanqidiy baholab, yelkamizda yuksak masʼuliyat va javobgarlikni his etgan holda kelgusi vazifalarimizni belgilab olib, ularni toʻlaqonli bajara olsak – xalqimizning davlatdan roziligini, ertangi kunga ishonchini oshirishga oʻzimizning hissamizni qoʻshgan boʻlamiz. 

Maryam AHMEDOVA,

tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

(Foto - darakchi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026