22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 18:57
Jamiyat 👁 1,615

VAKILLAR YIGʻILIShIDA HOKIM OʻRINBOSARI HISOBOT BERDI

VAKILLAR YIGʻILIShIDA HOKIM OʻRINBOSARI HISOBOT BERDI

Maʼlumki, yangi tahrirdagi «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 11-moddasida shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinlari vakolatida boʻlgan, har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yigʻinlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish tartibi yanada mustahkamlandi.

Mana shu tartib-tamoyilga asosan shu yilning 7-iyul kuni Mangʻit shahridagi Navoiy nomli va "Chordara”, 8-iyul kuni "Boyovul” va "Durunki”, 10-iyul kuni "Doʻstlik” va "Yangiobod”, 11-iyul kuni  "Olmazor” va "Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻinlarida vakillar yigʻilishi oʻtkazilib, ularda tuman hokimi oʻrinbosarlarining hisobotlari tinglandi.

Hisobotlarda taʼkidlanganidek, 2017-yilda tumanimizda barcha manbalar hisobidan jami 80 mlrd. soʻmga yaqin hajmda qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, Investitsiya dasturiga asosan tumanda jami 10 ta maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari obʼektlarini, yaʼni Boʻz yop ovulidagi 77-sonli, Qangli ovulidagi 79-sonli, Qilichboy ovulidagi 82-sonli, Namuna mahallasidagi 78-sonli, Yuqori qishloq mahallasidagi 81-sonli maktablar binolarini, shuningdek, Chordara mahallasidagi 3-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi binosini rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, Amir Temur nomli ovuldagi  25-sonli, Doʻrman ovulidagi 20-sonli, Bosuv  mahallasidagi 26-sonli maktab binolarini hamda Xolimbeg ovulidagi 29-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi binosini kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Yuqoridagi obʼektlarning barchasi mamlakatimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida, yaʼni, 20-avgustga qadar foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, Mangʻit shahrida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi va tuman davlat Notarial idorasi binolari qurilishi jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Hisobotda shuningdek, Mangʻit shahridagi mahallalarni tabiiy gaz bilan taʼminlash, hududdagi ijtimoiy soha obʼektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, isteʼmolchilarga elektr energiyasi va ichimlik suvi yetkazib berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham maʼlumotlar berdilar.

Yigʻilishda fuqarolarning vakillari tuman hokimi oʻrinbosarlariga savollar bilan murojaat qilishib, tegishli javoblarni oldilar.

Kun tartibidagi masala boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

(Foto - http://muloqot.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026