17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 17:24
Jamiyat 👁 1,687

OTA-ONAMDAY QADRLI

OTA-ONAMDAY QADRLI

Men har gal aziz ota makonim – Amudaryoga kelganimda, ota-onamni koʻrib, sogʻinchlarim bosilgach, yana bir aziz inson – Xonimjon ammam tomon oshiqaman.

Ha, azizlar, oʻz fidoyi mehnati, elsevarligi, tashabbuskorligi-yu tashkilotchiligi, bilimdonligi bilan Amu elining oʻz qiziga aylangan Xonimjon Rajabova mening yaqin qarindoshim – ammajonim boʻlgani uchun emas, balki mening bugungi darajaga yetishuvim, tajribali shifokor va shaxs sifatida shakllanishimda, hayotda oʻz oʻrnimni topishimda ota-onam, ustozlarim kabi jonkuyarlik qilganlari uchun ham juda qadrli.

Esimda: 1975-76-yillar edi. Endi aqlimni taniy boshlagan kezlarim. Xonimjon ammam Toshkent shahrida, Universitetda oʻqirdilar. Ammamning har gal yozgi taʼtilga kelishi biz uchun haqiqiy bayramga aylanib ketardi. Uning muloyim va mehribon soʻzlashlari, sehrli ovozlari, nazarimda hammaning eʼtiborini tortardi. Ammam bizga Toshkent shahridan qiziq-qiziq ertak kitoblar olib kelib berardilar va albatta, bu kitoblarni oʻqib, magʻzini chaqishimizni talab qilardilar. Maktabda "aʼlo” bahoga oʻqigan bolalar uchun alohida kitob sovgʻa qilardilar. Endi oʻylab qarasam, menda kitobga mehr, ilm olishga intilish tuygʻusi ammamdan oʻtgan va u kishi meni intizomli, madaniyatli kitobxon sifatida tarbiyalagan ekanlar.

Ammamning qishlogʻi Kuyuk koʻpir bilan bizning ovulimiz orasi 7-8 chaqirimlik yoʻl edi. Ammam ana shu masofani erinmay piyoda bosib oʻtar, menga chiroyli husnixatlar bilan insholar yozishni oʻrgatardilar.

– Shifokor albatta adabiyotni yaxshi bilishi kerak, – derdilar ammam. – Chiroyli soʻzlashni bilmagan shifokor hech qachon obroʻ topmaydi.

Men ammamdan eng avvalo odamgarchilikni, bir-birovni qadrlashni, bundan ham muhimi, maʼnaviyatga, kitobga mehrni oʻrgandim. Oʻzimda, agar yaxshi xislatlar bor boʻlsa, ularning barchasi Xonimjon ammam tufayli deb bilaman.

Biz shifokorlar insonlarning yoshini oylar va yillar orqali emas, balki biologik holati – ongi, tafakkuri, maʼnaviy yetukligi va maʼrifatparvarligidan kelib chiqib belgilaymiz. Ammamning menga:

– Anvarjon, 60 yoshga toʻlayotirman, – deganlariga, toʻgʻrisi, mutaxassis sifatida hech ishonmadim. Chunki joʻshqin tabiatli, koʻngillari mehr-muhabbatga limmo-lim, barcha yoshdagilar bilan xuddi tengdoshi kabi samimiy gaplashib ketaveradigan, har qanday muammoni dadillik bilan joyida hal qilib, yigitlarday mardlik qila oladigan, yoshlarday shijoatli ammam, nazarimda nuroniylik manzilida ham yoshlardan aslo qolishmaydi!

Men aziz va mehribon, samimiy va dilkash doʻst, mehr-oqibatli, bilimdon, saxovatpesha ustoz, ota-onamday qadrli ammam – Xonimjon Rajabova bilan hamisha faxrlanaman. Yuragim toʻla sogʻinch va muhabbat bilan:

– El ichra hamisha aziz va suyukli farzand boʻlib yashash baxtiga bir umr muyassar boʻling, baxtli-saodatli yashang, ammajon! – deyman. Sizga mustahkam sogʻlik, uzoq umr tilab, jiyaningiz

Anvar Rajabov,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi Bosh shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026