Tengdoshlarga gapim bor
BIZ ULFAYDIK
Bolalik... Oltinga teng davr. Baxtli bolalikning begʻubor damlari inson hayotiga bir marta kirib keladi. Xotiramizda oʻchmas iz qoldiradi. Bolalik damlarida kimlardir oʻynab-kuladi, kimlar esa yoʻq.
Men bolalik damlarimni tez-tez eslab, sogʻinaman, koʻchadan beri kelmay, qorongʻi tushguncha oʻynagan betashvish onlarimni qoʻmsayman.
Bolalik damlarimda oʻynagan chang koʻchalar oʻrnida hozir asfalt yoʻllar, futbol oʻynagan sertuproq maydonda esa soʻlim xiyobon va bogʻlar bunyod boʻlgan. Oʻzim tengi qora-qura bolalar bilan anhorda choʻmilgan damlar, oyoq yalang yugurib yurishlar, suvi limmo-lim anhor-u soylar boʻyida loydan har xil shakllar yasab yurganlarim, kim oʻzarga chopishlar... Oʻsha damlar endi qaytib kelmaydi.
Ota-onalarimiz bizga har doim: "Eng zoʻr damlar bolalik damlaring, eng begʻubor, eng halol, eng pokiza davring”, - deganlari rost ekan.
Endi biz ulgʻaydik, yoshlik deb atalmish umrning oltin fasliga yetdik. Men barcha tengdoshlarimga umrimizning bu faslini goʻzal fazilatlarimiz, ezgu ishlarimiz bilan bezab yashaylik, oʻtkinchi his-tuygʻular, inson ongini zaharlovchi, milliyligimizga yot gʻoyalar bilan qalbimiz aslo kirlanmasin, deyman.
Aziz ukajonlarimizning quvonchli damlari mangu boʻlsin-u yurtimiz tinchlik-totuvlikdan yanada taraqqiy etsin!
Farruhbek KENJABOYeV,
44-sonli maktab oʻquvchisi.
(Foto - OʻzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶