MARKAZIMIZDA QOBILIYaTLI BOLALAR KAMOL TOPADI
"Barkamol avlod” bolalar markazimizda "Texnik ijodiyot” yoʻnalishida 3 ta "Boshlangʻich texnik modellashtirish”, 3 ta "Kompyuter dizayni va grafikasi” hamda 2 ta "Kompyuter saboqlari” toʻgaraklari faoliyat yuritmoqda. 160 nafardan ziyod iqtidorli bolalar maktabdan tashqari boʻsh vaqtlarida texnika sohasiga oid qiziqishlarini rivojlantirish, bilimlarini mustahkamlash, dastlabki mehnat koʻnikmalariga ega boʻlish maqsadida mashgʻulotlarda faol qatnashmoqdalar.
Bolalarning mashgʻulotlarda olgan bilim va malakalarini sinovdan oʻtkazish maqsadida tashkil etilayotgan turli tanlovlar va musobaqalar tarbiyalanuvchilar orasidan eng iqtidorlilarini aniqlash imkonini bermoqda. Masalan, yaqinda "Texnik modellashtirish” toʻgaragi aʼzolari "Mening birinchi modelim”, Eko festivalining "Varraklar sayli” musobaqalarida faxrli ikkinchi oʻrinni egallashdi. Shu yilning may oyida Nukus shahrida boʻlib oʻtgan "Katapulta yordamida uchuvchi samolyotlar” musobaqasida ikki nafar oʻquvchimiz faxrli birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egalladilar.
Mana, oʻquv yili yakunlanib, taʼlim muassasalari oʻquvchilari yozgi taʼtilga chiqdilar. Taʼtil kunlarida oʻquvchilarni markazimiz toʻgaraklariga kengroq jalb qilish, har bir kunining maroqli va mazmunli oʻtishiga hissa qoʻshish maqsadida yozgi oʻquv dasturlari va rejalari ishlab chiqilib,amaliyotga joriy qilinmoqda.
Qobiliyatsiz bolaning oʻzi boʻlmaydi. Bizning vazifamiz bolalardagi yashirin kobiliyatni aniqlab, rivojlantirishga koʻmaklashishdir. Shuning uchun aziz ota onalarga farzandlarini bizning markazimizga olib kelib, toʻgaraklarimiz mashgʻulotlarida qatnashishga jalb qilishlarini maslahat bergan boʻlar edim.
Gulnora Oʻrozboyeva,
”Barkamol avlod” bolalar markazining "Texnik ijodkorlik” yoʻnalishi uslubchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶