UMRNING OYDIN MANZILLARI
Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, "Barkamol avlod” bolalar markazi direktori, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Xonimjon Rajabova portretiga çizgilar.
Xonimjon Rajabova. Bugun bu ayolni butun Amu eli yaxşi taniydi. Manğit şahridan ikki qadam nari ötsangiz, opa bilan tanişligingizni bilgan insonlar darhol: "Opa yaxşi yuribdimi?” deb qöyişadi. Tumanning olis qişloqlarida, Respublikamiz tumanlarida, Nukus şahrida amudaryolik bu tinib-tinçimas ayolning nomini ehtirom bilan tilga olguvçilar bisyor.
Xalqimizda yaxşi bir hikmat bor: "böladigan bola boşidan maʼlum”, deyişadi. Nazarimda boşlanğiç sinfdaligidayoq ustozlarini hayron qoldirib Abdulla Oripov, Puşkin, Yesenin şeʼrlarini yod aytguvçi, Abdulla Qodiriyning "Ötgan kunlar”ini satrma-satr, adaşmay sözlab berguvçi, Navoiy va Fuzuliydan, Bobur-u Furqatdan baytlar aytib, özi tahsil olgan maktabning "malikasi”ga aylangan Xonimjon Rajabova to umumtaʼlim maktabini tugatgunga qadar öz kelajagi uçun mustahkam tamal toşini qöyib ulgurgan edi. Hozirgi ÖzMUning jurnalistika fakulteti talabasi bölgan kuni Xonimjon Rajabova hayotining eng nurli sahifasi oçilgan bölsa, ne ajab!
– Guruhimizda, nazarimda, hamma bilimdon edi, – mamnuniyat va ehtirom bilan eslaydi opaning kursdoş dösti, Özbekiston Xalq şoiri Sirojiddin Sayyid. – Haqiqatni aytiş kerak, Xonimjon hammamizdan aʼloçi edi. Paxta yiğim-terimi davrida haşarga çiqardik. Yöl tanobini bahr-u baytlar aytiş bazmi bilan tortardik. Xonim hammani yutardi. Agar u ilm yölini tanlaganidami, öz sohasining eng bilimdoni, olimi bölardi. Çunki Xonimning xotirasi juda kuçli edi. Odamlarni orqasidan ergaştira oliş, taşkilotçilik qobiliyati qoşida hammamiz tan berardik.
Nazarimda opaning ana şu fazilatlari uni haqiqiy yurt farzandi, şaxs sifatida şakllantirdi. Uddaburon, qalami ötkir jurnalist, taşkilotçi rahbar, davlat va jamoat arbobi, bulardan ham muhimroği, baxtiyor oila sohibasi, davlatmand ona maqomiga yetkazdi.
1979-yilda Universitetni jurnalist mutaxassisligi böyiça tugatib, Amudaryo tumanining ijtimoiy-siyosiy gazetasi – "Amudaryo haqiqati” tahririyatida ilk iş faoliyatini boşlagan Xonimjon Rajabova qisqa fursat içida nafaqat qalami, fikri ötkir jurnalist, balki taşkilotçi xodim sifatida jamoa va el-yurt eʼtiborini qozondi, oddiy muxbirlikdan bölim mudiri, masʼul kotib, 1992-yilda esa gazeta muharrirligigaça bölgan maşaqqatli, ayni paytda şarafli, sinovlarga töla hayot yölini bosib ötdi. Ayol sifatida, avvalo ona, rafiqa, yoş oila bekasi bölişdek xayrli taşvişlar bilan yaşab, "Amudaryo haqiqati” gazetasini bozor munosabatlariga ötiş jarayoni çiğiriqlaridan davriyligini saqlagan holda olib öta oldi.
Opani hayot juda köp sinadi: biri-biridan murğak 6 nafar farzandining birini yelkalab, birini yetaklab tahririyatga hammadan oldin işga kelardi. Bir-birlariga ovunçoq bölib tahririyatda, ijodiy jarayonlarga oşno bölib ulğaygan farzandlari oğuşida ijod etdi u!
Men baʼzan kasbga fidoyilik haqida öylaganimda, beixtiyor köz oldimga opaning ijod damlariga maşğul keçgan umr yöllari köz oldimda gavdalanadi: mustaqillikning ilk yillarida tuman gazetalari mablağ, qoğoz yetişmovçiligi muammosi tufayli öz davriyligini saqlayolmay, oyiga arang 1-marta çop etilib turganida X.Rajabova muharrirligidagi "Amudaryo haqiqati” gazetasi har haftada 1-2-marta çop etilib, öz obunaçilariga yetib bordi.
Baland böyli, qaddi-qomati kelişgan, köplarning eʼtirof etişlariça, Barçin kelbatli, Tömaris siyratli, istarasi issiq opaning rejalari, orzu-intilişlari heç qaçon xalqdan, sevimli jamoasidan alohida bölgan emas. Faqat tuman gazetasi tahririyati uçun yelib-yugurib qilgan fidoyi xizmatlarining özi bir kitob bölgulik.
Mustaqillikning ilk yillarida "Amudaryo haqiqati” gazetasining davriyligini saqlaş maqsadida tuman böylab "Seni uluğlaymiz, mustaqil Özbekiston!” şiori ostida adabiy-musiqiy pullik tadbirning ötkazilişi, bu tadbirlarda minglab saxovatpeşa, maʼnaviyat fidoyisi bölgan insonlarning iştiroki, hatto qiyin bir şaroitda, 1994-yilda gazetaning 60 yillik yubileyini tantanali tarzda ötkaziş, şu yili (Alloh rahmat qilsin) Qoraqalpoğiston Respublikasining öşa paytdagi Vazirlar Kengaşi raisi Rajabboy Yöldaşevning beğaraz yordami, şaxsan opaning taşabbuskorligi tufayli tahririyatning ikki qavatli, zamonaviy binoga köçib ötişi, nazarimda, opaning katta jasorati edi.
Baʼzan öylab qolaman: Barçin momomiz, Tömaris momomiz öz zamonasiga oid muşkulotlarni hal etiş uçun erkaklar bilan bahs boylaşib, jang maydonlarida, kuç-qudrat sinovlarida ot surib, qiliç öynatib jasorat körsatganlar. Bizning Barçin kelbatli, Tömaris siyratli opamiz esa maʼnaviyat va maʼrifat dunyosi aro çarx urib, maʼnaviyatning keskir qiliçi bilan jamiyatimizga yot illatlarga qarşi kuraşdi. U sevimli xalqi qalbiga maʼnaviyat nurlarini yöğirdi, muammolariga yelka tutdi. Ayrim manfaatparast kimsalarga öxşab oğirning ustida, yengilning ostida turmoqqa intilmadi. Balki öt kelsa öçirdi, suv kelsa, simirdi, toş kelsa, kemirdi u! U şu tariqa Amu elining suyukli, zabardast, qalbi qaynoq qiziga aylandi va ana şu xalqqa singidi!
1995-yilning 2-martida matbuotda eʼlon qilingan "Özbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilişida xotin-qizlarning rolini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Xonimjon Rajabova xayotida yangi sahifa oçdi. Uşbu Farmonga muvofiq Toşkent şahri, viloyatlar hokimlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosarlari hamda tumanlar hokimlarining örinbosarlari – xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimi joriy etildi. Amudaryo tuman xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimiga eng munosib nomzod, sözsiz, Xonimjon Rajabova edi. Xotin-qizlar bilan işlaşiş, yeçimini kutayotgan muammolarni hal etiş, aholi, ayniqsa, xotin-qizlarning uyuşmagan qatlami orasida işsizlik bilan boğliq muammolar böyiça şuğullaniş – opaning har kuni tongdan şomga qadar davom etadigan iş kunlarining mazmun-mohiyatiga, asosiga aylandi.
E-he, qançalab tunlarni bedor ötkazdi u! Qançalab yöl yurdi, goh yayov, goh yölovçi maşinalarda tumanning u çeti bilan bu çekkasiga, xalq orasiga kirib bordi. Uning qadami yetmagan ovul yoki mahalla, heç bölmasa, uning nomi bilan boğliq ezgu bir söz kirib bormagan xonadon qolmadi hisob. Men uning huzuriga ming bitta qayğu zalvoridan munğayib kirgan odamlarning quvonç bilan çiqib ketayotganlariga köp bora guvoh bölganman. Turmuş çorrahalari aro qadlari bukilib, boşini qay eşikka urarini bilmay, garangsib qolgan insonlarning hayoti izga tuşib, keyinçalik opaga tutingan öğil yoki opa-singilday qadrdon bölib ketgan insonlarni bilaman. Birining kamini töldirgani, turmuşiga röşnolik olib kirgani uçun, biriga ona örnida onalik qilib uylantirib qöygani uçun, yana birlarining boşlarini silab, seplarini badastir qilib turmuşga uzatgani uçun opadan bir umr minnatdor ular. Ular kim? Ularning barçasi opaning jonlariga tutaş jigarbandlari kabi aziz xalqi – jonajon Amu eli!
Xonimjon Rajabova hayotida 2007-yil alohida eslaşga munosib xotiralar bilan qadrli.
Şu yili Özbekiston Respublikasi xotin-qizlar qömitasi taşabbusi bilan millatlararo totuvlik, xotin-qizlar örtasida baynalmilal tarbiya, döstlik va tinçlikni keng tarğib etiş maqsadida Özbekiston böylab Döstlik forumi ötkazildi. Mazkur forum iştirokçilariga Qoraqalpoğiston Respublikasi nomidan Amudaryo tumani mezbonlik qildi. Manğit şahrining "Vaxum” mavzesidagi bolalar va ösmirlar sport majmuasida bölib ötgan Döstlik forumi amudaryolik xotin-qizlar va xalqimiz uçun çinakkam döstlik bayramiga aylanib ketdi.
Xalq bu samimiy, bağrikeng ayolni öz qiziday, opasi yoki singlisiday yaxşi körib qoldi. Opaning beğaraz xizmatlari qoşida çin dildan taʼzim qilib, dil sözlari bitilgan yuzlab maktublar qatida nafaqat el-yurt roziligi, balki öz fidoyi farzandiga nisbatan çeksiz mehr-muhabbat ila boğlangan uzilmas riştalar bor.
Hamişa xalqqa intilib, öz ona eliga singib ketgan opa bugun umrining eng çaroğon, farahli manziliga yetdilar. Umr yöldoşi – uzoq yillar Amudaryo tuman melioratsiya va suv xöjaligi sohasining rivojiga katta hissa qöşgan muhandis-meliorator Safarboy oğa Örozaliyev bilan 6 nafar farzandini oliy maʼlumotli mutaxassislar qilib elga qöşdi. Biri-biridan odob-ikromli kelinlari, 11 nafar nevaralari, jondan aziz farzandlari davrasida oçilib-soçilib ötirgan opani körsangiz, dilingizda havas uyğonadi.
Umrining 17-yilini matbuot sohasiga, salkam 18-yilini Amudaryo tuman xotin-qizlar qömitasiga rahbarlik qilişdek masʼuliyatli vazifani ado etişga bağişlagan Xonimjon Rajabovaning fidoyi xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U 1994-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi yuksak unvoni bilan taqdirlandi. Mustaqillikning 15 yilligi kökrak nişoni, qator Vazirliklarning Faxriy yorliqlari opaning oila albomini bezab turibdi.
– Men özim yaxşi körgan xalqdan ayro yaşaşni tasavvur ham qilolmayman, – deydi opa samimiyat bilan. – Ayniqsa, mehnat onlari kuçimga-kuç qöşadi. Mehnat qilmaslik – dahşat. Ana şundan asrasin...
Opaning suhbatlari, sözlari şirin, hikmatlarga boy. Ayni paytda "Barkamol avlod” bolalar markazi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan opani xar gal tiğiz iş jarayonida uçrataman. Tinib-tinçimas, fidoyi, mehnat bağrida özini hamişa erkin va baxtiyor his qilguvçi qahramonimiz – Xonimjon Rajabovaning saʼy-harakatlari bilan tuman XTMFMTTE bölimi tasarrufidagi "Barkamol avlod” bolalar markazi bugungi kunda nafaqat Qoraqalpoğistonda, balki Özbekiston miqyosida namunali bolalar markaziga aylangan. Har bir işda qatʼiy tartib va intizomni yaxşi köradigan va bunga hamişa amal qilişga odatlangan, öziga hamda atrofidagilarga nisbatan talabçan opaning yuksak didi, mahorati markaz ofisi, hovli-yu gulzoridagi körkamlik, orastalikda aks etib turganday. Markaz hovlisiga kirişingiz bilan sizni afsonaviy ertak qahramonlari kutib olişadi. Bola oçişga şaylangan oppoq laylaklar, yalpiz terişga çiqqan "Zumrad va Qimmat” ertagidagi Zumrad, dalasiga oşiqayotgan Dehqon bobo...
Opa bolalar bilan suhbatlaşişdan, ularning orzulari dunyosida yaşaşdan zavq oladi. Ana şu bolalik dunyosiga xos zavq uni har tong mehnat bağriga çorlayveradi. Bu – opa umrining eng nurafşon va şoyon manzili. Bu manzil bugun opaning el-yurtiga, xalqiga qilgan jamiki ezgu, xayrli işlarining hayotiga fayz olib kirgan lahzalari bölsa, ne ajab!
Opa ayni damda muborak 60 yoşga töldilar. Umrining bu nurafşon, oq, oydin manziliga u yoruğ yuz bilan, ötgan umr yöllaridan köngli töq qadam qöydi. Zero,
Kim uni Barçin deb havaslar qildi,
"Tömaris siyratli Xonim”, – dedilar.
Ezgu amallarin el-u xalq bildi,
Xalq unga, u esa xalqqa singdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶