BUGUNGI BITIRUVChI – YuRT KELAJAGINI YaRATUVChI
2016-2017 oʻquv yilida tumanimizdagi mavjud 8 ta kasb-hunar kollejlarini 2378 nafar yoshlar muvaffaqiyatli bitirdilar.
Kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirish maqsadida korxona va tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik oʻrnatildi. Oʻquvchi-yoshlarning amaliyot oʻtashlari uchun ular tumanda faoliyat koʻrsatayotgan 971 ta korxona, tashkilot, muassasa va fermer xoʻjaliklariga biriktirildi. Bu koʻrsatkich har bir korxonaga 2,4 foizdan toʻgʻri keldi.
Ayni kunda kasb-hunar kollejlarining 2378 nafar bitiruvchilaridan 1937 nafarining toʻrt tomonlama shartnomalari oʻz tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha, 441 nafar bitiruvchilarning toʻrt tomonlama shartnomalari boshqa mutaxassisliklar boʻyicha tuzilgan.
Tumanda kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha toʻrt tomonlama shartnomalar tuzish 99,9 foiz bajarildi.
Suratda: Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejining bir guruh bitiruvchilari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶