Qisqa satrlarda
Yaqinda Chordara, Boy ovul va Durunki mahallalarida hamda tuman veterinariya boʻlimida koʻrgazmali seminarlar oʻtkazilib, ularda tuman hokimi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari hamda korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etdilar.
Koʻrgazmali seminarlarda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqib, obodonlashtirish va atrof-muhit tozaligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikrlarini bildirdi va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi.
***
Yaqinda Qangli ovul fuqarolar yigʻinida chegara hududida joylashgan ovul va mahallalarda hushyorlikni, ogohlikni yanada oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi haqidagi Qonunlar boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlarini kuchaytirishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda ovul fuqarolar yigʻini raisi U.Allaberganov, 9202 D harbiy qism komandiri A.Aytugʻanov, harbiy qism komandiri oʻrinbosari Sh.Parmonov, shu harbiy qismdan O.Mahmudovlar soʻzga chiqdilar.
***
7-iyun kuni "Toʻlqin” ovulidagi "Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligida naslchilik ishlarini yaxshilash masalasiga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.
Koʻrgazmali seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi barcha naslchilik fermer xoʻjaliklari raislari va tumandagi chorvachilik fermer xoʻjaliklari raislari ishtirok etdilar.
Koʻrgazmali seminarda soʻzga chiqqan mutaxassislar chorvachilikda naslchilikni rivojlantirish yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini hamda takliflarini bildirdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶