GʻALLAZORDA YoNGʻIN ChIQMASIN, DESANGIZ...
Hademay gʻalla oʻrim-yigʻimi boshlanadi. Ushbu mavsum rahbardan tortib oddiy dehqongacha bu ishga katta masʼuliyat bilan yondashishni talab etadi. Yetishtirilgan hosilni uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olishda koʻriladigan tashkiliy chora-tadbirga doir qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida oʻrim-yigʻim ishlarida qatnashadigan kombayn va yordamchi texnikalar yongʻin xavfsizligi xodimlari tomonidan koʻrikdan oʻtkazilib, kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shunday boʻlsa-da, gʻallazorlarda yongʻin yuzaga kelishining oldini olish uchun bir qator qoidalarga rioya etish zarur boʻladi:
– katta yoʻl va dala yoʻllariga yaqin joylardagi gʻalla maydoni chetidan 8 metrer shudgorlanadi. Gʻallazorlar orqali oʻtadigan dala yoʻllari gʻalla oʻrib olinguncha yopib qoʻyiladi;
– bevosita gʻalla maydonlarining oʻzida harakatlanayotgan texnikalar, transport vositalarining uchqun oʻchirgichlari sozligi tekshirib koʻrilgandan keyingina dalaga kirishga ruxsat beriladi va mavsum davomida ularning sozligi nazorat qilib boriladi;
– gʻallazor atrofida bolalarning mol boqishi, oʻynashi va dalaga kirishi, gʻalladan boʻshagan maydonlarda olov yoqish taqiqlanadi. Maydonlarni tozalash faqat shudgorlash orqali amalga oshirilishi va buni joylardagi mutasaddi rahbarlar nazorat qilib borishlari talab etiladi;
– mavsum boshlanishidan oldin kombaynning oʻzida ikkita yongʻin oʻchirgich, toʻrtta belkurak, oltita supurgi, 2X2 metr hajmli kigiz yoki brezent, 40-100 litrsigʻimdagi suv idishi, ikkita chelak boʻlishi, gʻallazor chetida esa omochli haydov traktori shay turishi kerak;
– xirmon hududidagi yongʻinga qarshi qalqonlarning har birida birlamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan kamida ikkita belkurak, metall ilgak, bolta va qumli quti oʻrin olishi lozim.
Yuqorida qayd etilgan talablar gʻalla hosili, boshqacha aytganda, dasturxondagi nonimizni yongʻin ofatidan saqlab qolishda muhim omillar hisoblanadi.
Hamro MATYoQUBOV, tuman IIB YoXB boshligʻi, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶