17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 10:40
Jamiyat 👁 3,976

GULLAB-YaShNAYoTGAN TOʻRTKOʻL

GULLAB-YaShNAYoTGAN TOʻRTKOʻL

Toʻrtkoʻl – Qoraqalpogʻiston Respublikasining iqtisodi ravnaq topgan, oʻziga xos madaniy-maʼrifiy, maʼnaviy nufuzga ega yirik tumanlaridan biri hisoblanadi. Toʻrtkoʻl tumani shimol tomondan Ellikqalʼa tumani, sharqdan Navoiy viloyati hamda janub va gʻarb tomondan Xorazm viloyati bilan chegaradosh.

Tumanning umumiy yer maydoni 7,48 ming kv./km. boʻlib, Toʻrtkoʻl shahri, 20 ta mahalla, 5 ta shaharcha tipidagi posyolka, 13 ta ovul fuqarolar yigʻinlari, 15 ta qishloq fuqarolar yigʻinlarida 196,1 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 76 ming kishi shaharda 120,1 ming kishi esa qishloqlarda yashashadi.

Tuman aholisining  asosiy qismi qishloqlarda yashashining boisi, Atauba, Paxtachi, A.Durdiyev nomli, Shoʻraxon, Oqboshli, Yonboshqalʼa, Oqqamish, Qumbosgan, Tozabogʻyop, Paxtaobod, Oʻzbekiston, Ullibogʻ, Oxunboboyev nomli, Koʻkcha, Kaltaminor kabi ovul-u qishloqlarning koʻrgan koʻzni quvontiruvchi, oʻziga xos betakror tabiati, tarixiy ildizlari borki, tuman aholisi, nazarimizda, ana shu tarixiy mezonlardan kuch olib yashashdan, mehnat qilishdan faxrlanadilar.

Toʻrtkoʻl tumanining iqtisodiy asosini paxtachilik tashkil etganligi bois, tuman sanoati ham asosan paxta xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yaʼni, paxta tozalash zavodi, "Toʻrtkoʻl don mahsulotlari” MChJ "Toʻrtkoʻl – Asaka tekstil” MChJ, temir-beton buyumlari, aholiga pullik va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, bosmaxona va bir necha xususiy tadbirkorlik korxonalari mavjud.

Toʻrtkoʻlliklar meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish va qayta ishlashni rivojlantirish hamda eksport qilish hajmini oshirishga alohida eʼtibor bilan qarashadi. Tumanning qoʻli gul sohibkor-u bogʻbonlari tomonidan yiliga  7,5 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi. Tumandagi 225 ta fermer xoʻjaliklari tasarrufida 500 gektar bogʻ mavjud boʻlib, uning 25 gektari intensiv bogʻ hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida toʻrtqoʻllik sohibkorlar tomonidan yangi-yangi uzumzorlar barpo etildi. "Donoxon-Goʻzalxon”, "Toʻrtkoʻllik Aralovlar”, "Azizxon-Shoyimardon”, "Toʻrtkoʻlli Ota aka bogʻi”, "Asadbek-Navroʻzbek” kabi fermer xoʻjaliklari tokzorlarida yetishtirilgan uzumning charos, toifi va husayni navlari allaqachon dunyo bozorida oʻz xaridorlarini topdi.

Tumanda joriy yilda umumiy qiymati 7 million 570 ming dollarlik meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini eksport qilish rejalashtirilgan. Ayniqsa, Toʻrtkoʻl zaminida yetishtirilgan karam, pomidor, piyoz, lavlagi, uzum, olma, shaftoli, gilos, oʻrik va ziravorlar hamda kunjutning tashqi bozorda xaridorlari kun sayin koʻpayib, bu boradagi eksport salohiyati oshmoqda.

Toʻrtkoʻl zaminining tuprogʻi – moʻʼjizakor. Paxta urugʻchiligi boʻyicha mutaxassis olimlar bu tuman tuprogʻida yetilgan paxta tolasining uzunligi va sifatliligi tumanning oʻzigch xos tabiiy sharoiti tufayli ekanligini allaqachon isbotlashgan. Joriy yilgi paxtachilik mavsumida toʻrtkoʻllik dehqonlar paxtaning "Sulton” navini tanlashlaridan ham bilsa boʻladiki, paxtaning mazkur navi suvsizlikka va kasalliklarga chidamliligi, sertolaligi, bundan ham muhimi, 115-120 kunda pishib-yetishishi-yu, hosildorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi.

Toʻrtkoʻlliklar azaldan sanʼatsevar, maʼnaviyatli xalq. Bu zaminning suvini ichgan mashhur xalq hofizi Otajon Xudoyshukurov va ana shu sohirnafas sanʼatkor asos solgan anʼanaviy ashulachilik sanʼati koʻpchilikka manzur. Qoraqalpogʻiston xalq shoirasi Guliston Matyoqubova, shoira Gulchehra Rahimovalarning oʻziga xos ijodiy olamidan bahra olib kamolga yetayotgan navqiron avlod vakillarining adabiyot maydoniga dadil kirib kelayotganidan shuni anglash mumkinki, Toʻrtkoʻl ijodiy muhiti ibratga, havasga loyiq.

Bugungi toʻrtkoʻlliklarning farzandlari har tomonlama mukammal shart-sharoitlarga ega maktab, akademik litsey va kollejlarda tahsil olishmoqda. Toʻrtkoʻllik yoshlar orasida taniqli sport va sanʼat ustalarining koʻpligi  Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori borligi tumanda yoshlar uchun yaratib berilayotgan munosib sharoitlar tufaylidir.

Tuman aholisining sogʻligini saqlash, sogʻlom farzandlar dunyoga kelishini taʼminlash borasida olib borilayotgan barcha saʼy-harakatlar kelajagi buyuk mustaqil davlatimizning tuman aholisi hayotini tubdan yangilash sari ezgu qadamlardir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

(Foto - wikimedia.org

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026