Diqqat, tanlov!
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 2016-yil 25-iyundan 25-iyulgacha oʻtkazilgan "Mustaqillik yillarida respublika hayotining turli sohalarida erishilgan yutuqlar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash” mavzusidagi davlat granti tanlovi yakuniga koʻra "www.amunews.uz” ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy - maʼrifiy siyosiy va axborot veb-sayti tahririyatining ham loyihasi gʻolib deb topilgan edi.
"www.amunews.uz” veb-saytida "Welcome to Karakalpakstan” sahifasini tashkil qilish orqali Qoraqalpogʻistondagi tarixiy yodgorliklar, qoraqalpoq xalqining nomoddiy madaniy merosi va bugungi farovon hayotini xorijiy auditoriya oʻrtasida targʻib qilish” deb nomlangan loyiha doirasida "My country – my pride” ("Mening yurtim – mening faxrim”) nomli fotosuratlar tanlovi eʼlon qilinadi.
Tanlovni oʻtkazishdan maqsad Qoraqalpogʻistonning tarixiy yodgorliklari, madaniy meros obʼektlari, nomoddiy meros durdonalari, tabiati, noyob oʻsimlik va hayvonot dunyosi, jamiyatdagi hamjihatlik va millatlararo totuvlik manzaralarini xalqaro jamoatchilik eʼtiboriga yetkazishdan iborat.
Tanlovga kelib
tushgan fotosuratlar "www.amunews.uz veb-saytidagi "Welcome to Karakalpakstan”sahifasiga hamda facebook va instagram ijtimoiy tarmoqlarida
joylashtirilib, tanlov gʻoliblari aniqlab ragʻbatlantirib
boriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶