Qisqa satrlarda
ANʼANAVIY ANJUMAN OʻTKAZILDI
Yaqinda Mangʻit istirohat bogʻida "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati xomiyligidagi "Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan "Vatan, doʻstlik va xalqparvarlik uchun!” shiori ostida anʼanaviy anjuman boʻlib oʻtdi.
Anjumanda "Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini yanada takomillashtirishga, bolalar tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlashga, tashkilot aʼzolarining faoliyat tizimini yanada mustahkamlash hamda ijtimoiy nufuzini oshirishga hamda Harakatning rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan faol sardorlar diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Anjuman doirasida iqtidorli yoshlarning ijodiy ishlaridan koʻrgazmalar tashkil qilindi.
TARBIYaVIY MAVZUDAGI SUHBATLAR
11-may – payshanba kuni tumanimiz hududida 3 joyda – "Mangʻit pochta” aloqa tarmogʻida, "Choykoʻl” ovul fuqarolar yigʻinida va 7-sonli umumtaʼlim maktabida profilaktika kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan aholi va oʻquvchilarning uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
Bu uchrashuv tadbirlarida huquqbuzarliklar va har xil jinoyatchiliklarning, yoshlar oʻrtasida giyohvandlik moddalari tarqalishining oldini olish hamda diniy ekstremizmga qarshi kurashish, oʻquvchilar davomatlariga eʼtiborni kuchaytirish masalalari boʻyicha suhbatlar oʻtkazildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶