URUSh FAXRIYLARI QOʻLLAB-QUVVATLANDI
9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami arafasida tumanimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 4-apreldagi "Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tumanimiz rahbarlari mahalla va ovullarimizda istiqomat qilayotgan 8 nafar Ikkinchi jahon urushi faxriylarining holidan xabar olishib, ularni bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtomobillardan birini navbatsiz sotib olishlari uchun sertifikatlar va sovgʻa-salomlar topshirishdi.
Shuningdek, urush faxriylarining uylarini taʼmirlash, obodonlashtirish, ularga hammomlar qurib berish ishlari ham tashkil etilib, bu ishlarga jami 64,4 million soʻm pul sarflandi. Bu ishlarni amalga oshirishda "Amudaryo maxsus qurilish”, "Mangʻit invest maksimum”, "Aqtov”, "KMK-304”, "Temir beton”, "Mangʻit servis”, "Qurilish xizmat” va "Koʻna qalʼa Mangʻit” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari quruvchilari gʻayrat koʻrsatib mehnat qildilar.
Urush faxriylari Prezidentimizning va tumanimiz rahbariyatining bunday gʻamxoʻrliklaridan cheksiz minnatdor boʻlmoqdalar.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶