22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 17:43
Jamiyat 👁 5,756

EL DILIDA NOMI AZIZ AZIMBOY

EL DILIDA NOMI AZIZ AZIMBOY

Azimboy Xoʻjaqov. Nigohlari teran, istarali, qaddi-qomati kelishgan bu yigitni nafaqat oʻzi tugʻilib-oʻsgan "Tosh qalʼa” mahallasi ahli, balki tumanimizda koʻpchilik yaxshi tanirdi. Tabiatan soddadil, atrofidagilarga mehribon va ochiqkoʻngil boʻlgan Azimboy oʻquvchilik paytidayoq ustozlarining nazariga tushgan, barcha fanlarni hayron qolarli darajada tez va puxta oʻzlashtirar, maktabda faqat "aʼlo” baholarga oʻqirdi.

Ovuldagi 34-sonli maktabni muvaffaqiyatli tugatgan Azimboy Xoʻjaqov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universitetining iqtisod fakultetiga oʻqishga kirdi. Universitet tahsili davrida oʻzining epchilligi, qatʼiyatliligi, chet tillarni oʻzlashtirishdagi alohida qobiliyati bilan ajralib turgan Azimboy Universitet bitiruvchilari taqsimot komissiyasi tavsiyasi bilan tuman ichki ishlar boʻlimiga ishga joylashdi.

U dastlab Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini militsiya tayanch punktida voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻyicha nozir sifatida oʻz ish faoliyatini boshladi.

– "Bilimimni oshirishim kerak”, – deb kun-u tun qoʻlidan kitob tushmasdi, – eslaydi Azimboyning akasi, "Toshqalʼa” MFY masʼul kotibi Safarboy aka Xoʻjaqov. – Oliy maʼlumot olding-ku, – derdim hayron boʻlib.

– Aka, yana oʻqiyman, huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha, –derdi u qatʼiyat bilan.

Azimboy Xoʻjaqov oʻqib-izlanishdan charchamaydigan yigit edi. U bir vaqtning oʻzida "Namuna” MFY profilaktika noziri vazifasi-da ishlab yurib, QDUning huquqshunoslik fakulteti sirtqi boʻlimini muvaffaqiyatli tugatdi. Baxtli oila sohibi boʻldi. Umr yoʻldoshi Nazokatxon bilan ota-onalik baxtiga yetishdi. El-yurt, kasbdoshlari orasida hurmat-eʼtibor qozondi. Lekin... Hayotning inson xohish-irodasiga boʻysunmaydigan beshafqat qonuni oldida barcha ojiz...

Oʻsha kuni xizmat vazifasini ado etayotgan Azimboy Xoʻjaqovning yoʻl chetida turgan mashinasiga yoshlarning "toʻy sayli” ("gulyanka”) deb atalmish marosimida ishtirok etayotgan boshqa bir mashina kelib urildi...

2003-yilning 3 oktyabr kuni ogʻir ahvolda shifoxonaga tushgan el-yurt osoyishtaligi posboni Azimboy Xoʻjaqov oʻn besh kun davomida oʻlim bilan olishib, 30 yoshida hayotdan koʻz yumdi.

Olti nafar Alpomish oʻgʻlon va bir qizni kamolga yetkazgan onaizor Norgul momo "Bolam!” deb boʻzlaganida butun Qilichboy ahli ayriliqdan zir titradi. Endigina tili chiqayotgan oʻgʻli Davronbek dadasini  izlab-izlab topolmagach, amaki-yu bobolariga bagʻir bosdi. Dadasiday alpqomat boʻlib ulgʻaydi. 14-yildirki, Azimboyning xotirasini qalb koʻshkida eʼzozlab yashayotgan rafiqasi Nazokat, Azimboyni yaxshi koʻradigan el-elat, uning  kasbdoshlari-yu, oshna, yor-doʻstlari har gal Xotira va qadrlash kunida Xoʻjaqovlar xonadoniga kelishib, Azimboy Xoʻjaqovning qisqagina umri davomida el-yurt osoyishtaligi, farovonligi yoʻlida qilgan ezgu ishlarini yodga oladilar.

Kimdir hayotda 80-100-yil umr koʻradi. Lekin u dunyodan oʻtganidan soʻng atrofidagilar juda tez unutib yuboradi. Chunki bundaylar oʻz qobigʻiga oʻralgan, oʻz "men”idan narini koʻrolmaydigan insonlardir. Biroq shunday insonlar borki, xuddi bir chaqmoq umrichalik hayot kechirsa-da, uning nomi hamisha el-yurt qalbida aziz, tillaridan tushmaydi. Azimboy Xoʻjaqov ana shunday – ismi ham, ezgu ishlari ham el-yurt yuragiga oʻchmas nur kabi yozilgan osoyishtalik posboni edi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026