OTA-ONALAR HAM, OʻQUVChILAR HAM KITOBXON
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning kitobxonlik va kitob mutolaasi madaniyatini yuksaltirish, kitobsevarlikni targʻib qilishborasidagi Farmoyishi hamma joyda qizgʻin kutib olindi va shu yoʻnalishda qilinayotgan xayrli ishlar astoydil qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Biz azaldan kitobxon xalqmiz. Kitob beradigan beminnat, xolis va bebaho ilm ziyosiga doimo chanqoqmiz.
Zotan, kitob bilimlar koni, ilmning bitmas-tuganmas xazinasidir.
Qipchoq qishlogʻidagi Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji axborot resurs markazi direktori Nodira Davlatboyeva kitobxonlik haqida toʻlib-toshib soʻzlaydi.
– Barchamiz kitob oʻqib ulgʻayganmiz va kamolga yetganmiz, – deydi u. – Turli xil mobil aloqa vositalari-yu kompyuterlar va internet tarmogʻi keltiradigan foyda-ziyonlarni bir chekkaga qoʻya turaylik-da, bitta kitobdan oladigan maʼnaviy boyligimizni koʻz oldimizga keltiraylik: kitob oʻqigan odamning soʻzlari burro, oʻtkir, maʼnoli boʻlishi bilan birga, aql-zakovatda ibratli hamdir. Ochigʻini aytish kerakki, baʼzi yoshlar keyingi yillarda mobil aloqa vositalariga va kompyuterlar hamda internetga qattiq bogʻlanib qolib, kitob mutolaasidan yiroqlashib ketishgandi. Endilikda oʻquvchi-yoshlarni kitob oʻqishga, kitobsevarlikka qaytarayotirmiz. Eng yaxshi kitobxonlarni maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlab, ragʻbatlantirayotirmiz. Nafaqat yoshlar, balki katta yoshdagi kishilar, qolaversa ota-onalar orasida ham kitob oʻqishga havasni kuchaytirib, har bir oilaga kitob kirib borishini, oilaviy kitobxonlar boʻlishini tashkil etish, bu ezgu ishni muntazam ravishda izchil davom ettirish bizning maqsad-muddaomizdir.
Har bir oilada kitob mutolaa qilinar ekan, farzandlar ham kitobga ixlos qoʻyadi, kitobxon boʻladi.Kollejimiz oʻquvchilari ota-onalari bilan birgalikda kitob oʻqishadi.
Darvoqe, Nodira Davlatboyeva rahbarlik qilayotgan Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji axborot-resurs markazi har kuni kitobxonlar bilan gavjum. Markazning kitobsevar aʼzolari orasida oilaviy kitobxonlar, keksa otaxon va onaxonlarning borligi, ularning oʻz farzandlari, nevaralari bilan birgalikda kitob oʻqishayotgani yoshlarga ibrat boʻlmoqda.
Suratda Nodira Davlatboyeva (oʻrtada) kollej oʻquvchilariga kitob tanlash borasida maslahat bermoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶