22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 16:23
Jamiyat 👁 6,590

VATANGA NAVROʻZ KELDI

VATANGA NAVROʻZ KELDI

Dunyoda biri-biridan buyuk, biri-birini takrorlamaydigan bayramlar koʻp. Bu bayramlar bilan bogʻliq anʼana-yu udumlar, urf-odatlar bisyor. Lekin tarixi qadim Avestodan ham olislarga borib taqaladigan asl milliy bayramimiz – Navroʻzi olam oʻzining mazmun-mohiyati, hatto hayotimizga kirib keladigan sanasi, vaqti bilan dunyo xalqlarining bayramlaridan oʻzgacha.

Tabiat va koinotda roʻy beradigan moʻʼjizaviy jarayon – tun bilan kunning tenglashuvi, ona Yerda – borliqda uygʻonish, bedorlik boshlangan damlarda hayotimizga biri-biridan orombaxsh, fusunkor lahzalarni baxsh etib kirib keladi Navroʻz!

Navroʻzi olam tashrifi bilan eng avvalo ona tabiat uygʻonadi: koʻzlarga yashilliklar oqib kiradi. Bogʻlarda boshlangan bedorlik ruhiyatimizga koʻchadi.

Navroʻzi olamning har bir qadamini, tashrifini xalqimiz bir-birlariga muborakbodlar ila qarshi olishlarida olamjahon hikmat mujassam.

Azizlar, ana shu hikmatlar koʻngillarni oʻstiradi, bir-birimizning qadrimizni baland qiladi goʻyo.

Ana, Vatanga Navroʻz keldi. Navroʻz ila abri bahor keldi, azizlar! Ona Yer koʻksiga tushgan ilk bahor yomgʻirining  shiviridan maysalar uygʻondi! Navroʻz sabolari bazmidan shodon bogʻlarda kurtaklar uygʻondi! Zamin koʻksidagi issiq hovurni sezgan qadamlar tezlashdi, Navroʻzni sogʻingan  dillarga mehnat, yaratish zavqi tushdi!

Anov koʻhna dalalarga eltuvchi yoʻllar bugun oddiy dala yoʻli emas, ular rizq-roʻz, qut-baraka, nasiba yoʻllari! Tabiat – bedor, dehqon – bedor, el-u yurt – bedor.

Qalblarda mehr-oqibat, muruvvat, shijoat tuygʻularining qadrini yanada oshirib keldi gul Navroʻz! Momolar mehri olovida pishgan sumalaklar tortilgan dasturxonlar atrofiga butun Oʻzbekiston xalqini jam qilgan Navroʻzi olam bu!

Ulugʻ hazrat Mir Alisher Navoiy bobomiz aytadilar:

"Ulus chehrai olam afroʻzidin,

Bilur yil kelishin, Navroʻzidin...”

Koʻzlarni quvontirib, koʻngillarni yashnatib, butun borliqqa goʻzal bir bedorlik baxsh etib kelguvchi Navroʻzi ayyomning dunyo bayramlaridan oʻzgachaligi ham  ana shunda – yangilanishlarga, oʻzgarishlarga boy ekanligida, ulugʻ maqsadlarga, ezgu rejalarga poydorligida!

Shuning uchun ham yurtimizda Navroʻz qadami yetmagan joy, Navroʻz quvonchi kirmagan bironta xonadon qolmaydi. Shuning uchun ham xalqimiz bir-birlariga: "Har kuning Navroʻz boʻlsin!” deya ezgu tilaklar bildirishadi. Gina-kuduratlar unutilib, qalblar tozaradi.

Ming-ming shukr, azizlar! Yurtimizda Navroʻz – tinchlik, totuvlik, mehr-oqibat, muruvvat, qut-baraka ayyomi sifatida bayram qilinadi va bu bayram shukuhi qalblarimizni kelgusi Navroʻz kunigacha aslo tark etmaydi. Bundayin shodiyona, bundayin maʼnaviy mulk – betak-ror ayyom bizning  xalqimizga nasib etganining oʻzi eng ulugʻ siylov, eng koʻrkam ziynat!

Aziz yurtdoshlar! Har biringizga Navroʻzi olam muborak! Navroʻz xonadonlaringizga fayz-u tarovat, ulugʻ baraka, koʻngillaringizga bebaho xotirjamlik, yurtimizga tinch-lik-omonlik olib kelsin!

TAHRIRIYaT.
(Foto: OʻzA)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026