SIZ YuRGAN YOʻLLARDA YaXShI NOM QOLSIN!
Koʻpdan beri oʻylanib yurganim – qizlar tarbiyasi toʻgʻrisida ozgina aytgim keladi.
Nima uchun faqat qizlar toʻgʻrisida dersiz? Ajablanmang. Qizlar tarbiyali va odobli boʻlsa, hayotimiz koʻrkam boʻladi.
Qizlar tarbiyasining kelin boʻlib tushgan xonadoniga koʻp taʼsiri bor. Shuning uchun qizlarning tarbiyasi bilan maktabda oʻqituvchilar, uyda onalar shugʻullanadilar. Koʻpincha qizlar oqila boʻlsa, oʻziga kerakli yaxshi xislatlarni dugonalaridan, opalaridan ham oʻrganadilar. Qiz bola oʻzining yurish-turishi, kiyinishi, muomalasi bilan koʻzni quvontirishi kerak.
Qizlarim, siz tabiat ato qilgan gulsizlar.
Shunday ekan, shunga loyiq boʻling, ismingizni aytib chaqirsa, "labbay” deb javob berishingiz kerak, qancha tarbiyali, odobli boʻlsang, seni tarbiyalagan onangga rahmat deymiz!
Qizim, sen ham xudo xohlasa kelin boʻlasan. Begona uyga borasan. U uyda qaynota, qaynona, qaynogʻa va kelinoyilar boʻladi, qaynopa, qaynsingil va qaynilaringiz boʻladi. Ularning har birining oʻz hurmati bor, ularni oʻz yaqinlaringday koʻrishing kerak. Uy ishlarini sidqidildan bajarishing, bilmasang oʻrganishing kerak. Qaynonangni qoyil qoldirishing kerak. Ular senga toʻkilib-sochilib toʻy qildi, seni oʻz farzandidek boʻlsin, deb orzu qildi, ular afsuslanmasin. Qizlarim, qizlarjonim! Koʻp narsa sizning tarbiya va odobingizga bogʻliq. Lekin, uy ishlarini, odob, axloqni bilmoq uchun oliy maʼlumotli boʻlish shart emas! Uning uchun oʻzlaringizning xohishingiz, irodangiz, odamiyligingiz boʻlsa bas!
Tarbiyali va odobli boʻling qizlarim. Toki siz yurgan yoʻllarda gul unsin, sizdan faqat yaxshi nom qolsin!
Umida
IBRAGIMOVA,
Xitoy ovuli.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶