DILDA IFTIXOR BILAN
Mahalla – har birimiz uçun qadrdon göşa. Uning obodligidan, mahalladoşlarning biri-biri uçun qayğurib turişlaridan, birining oğiriga biri yelka tutib, quvonçlariga şerik bölişlaridan könglim toşib ketadi. Ayniqsa, uyim-joyim, bolam, deb oilasiga talpinib turguvçi ayollarni, yoş qiz-u kelinçaklarni atrofiga töplab, öz hayot tajribalaridan saboq berguvçi nuroniy onaxonlarni aytmaysizmi?! Ular bobomeros urf-odatlarni, maʼnaviy qadriyatlarimizni ösib kelayotgan yoş avlodga yetkazişda haqiqiy ibrat maktablari! Momolarimizdan uy tutiş, mehmon kutiş, kelinlik odoblarini örganayotgan qizjonlarimiz mahallamizning yuzi, obrösi!
Mana, ölkamizga bahorning ilk oyi – mart kirdi. Mart – bayramlar faslini boşlab kelayotir. Bahorning ilk kunlaridanoq mahallamiz ayol-qizlari 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kunini katta şodiyonalar bilan ötkazişga taraddud körişdi. Yoşi uluğ momolar holidan xabar oliş, ularni bayram bilan muborakbod etiş har birimizning qalbimizga quvonç bağişlaydi. Mahallamiz hududidagi 55-sonli maktab öquvçilari tomonidan ötkazilgan adabiy-musiqiy tadbirda onajonlarimiz çin dildan yayradilar.
Izzatbek Matniyozov, Dinora Rahimboyeva, Kumuşoy Jumanova, Javohir Şomurodov, Baxtiyor Sattorov, Yerlan Jumaboyev, Azamat Kenjaboyev, Jamşid Boltamurodov, Qahramon Ibragimov kabi mahallamizning sportçi yoşlari erişayotgan yutuqlar barçamizni ruhlantirdi. Yiğin raisi sifatida mahallamiz xonadonlaridagi saranjom-sariştalikdan, özaro mehr-oqibatdan, mahalla ahlining mamlakatimizda röy berayotgan özgarişlar, amalga oşirilayotgan islohotlarda faol iştirok etayotganlaridan faxrlanaman.
Fursatdan foydalanib, jamiyatimizning faollari bölgan barça aziz va muhtarama opa-singillarimizni, möʼtabar onaxonlarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklayman. Tilagim, ayollarimiz hamişa omon, avlodlarimiz bardavom, mamlakatimizda tinçlik mangu bölsin!
Şukurjon XOLMURODOVA,
Oybek nomli MFY raisi.
(Foto - http://mahallagzt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶