BOShLANFICh TAShKILOTLAR – “KAMOLOT”NING TAYaNChI
Yoshlarning haqiqiy tayanchi va koʻmakchisi boʻlgan "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mamlakatimizning yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. Kelajagimiz egalarini har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish, ularni tashkilot faoliyatiga jalb qilishda taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlarning ham alohida oʻrni bor. Mazkur boshlangʻich tashkilotlar yetakchilarining bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish, ular orasidan eng ilgʻorlarini tanlab olish maqsadida yaqinda "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi boshlangʻich tashkilotlari yetakchilari uchun hududiy oʻquv seminari va "Eng namunali boshlangʻich tashkilot” tanlovi boʻlib oʻtdi.
Seminarda tashkilot oldida turgan dolzarb masalalar, ularni bajarishda boshlangʻich tashkilotlarning oʻrni, tashkilotning maqsad hamda rejalarini roʻyobga chiqarishda yetakchilarning vazifalari haqida soʻz bordi. Seminarda ishtirokchilarga maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sogʻlom muhit yaratishga, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga koʻmaklashish kabi vazifalar topshirildi.
"Eng namunali boshlangʻich tashkilot” tanlovining umumtaʼlim maktablari oʻrtasidagi tuman bosqichida eng tajribali va ilgʻorlar saralandi. Hakamlar hayʼatining xulosalariga koʻra, 4-sonli maktab boshlangʻich tashkiloti tanlovning tuman bosqichi gʻolibi deb topildi. 1-sonli maktab ikkinchi, 30-sonli maktabning boshlangʻich tashkiloti esa uchinchi oʻrinni egalladi. Gʻoliblarga "Kamolot” YoIHning tuman Kengashi tomonidan Faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari hamda koʻrik-tanlovning navbatdagi bosqichiga yoʻllanmalar topshirildi.
Mansur OʻROZBOYeV,
"Kamolot” YoIH tuman Kengashi raisi.
(Foto - gazeta.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶