SAVOL BERING, JAVOB QAYTARAMIZ
Cavol: – Aholi orasida baʼzan uy hayvonlaridan jabrlanish holatlari sodir boʻlib turadi. Bunday paytda hayvon egasi va jabrlangan odam orasida quturishga qarshi vaktsina uchun mablagʻ masalasida kelishmovchiliklar boʻlib turadi.
Aslida bunday holatlar amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq qanday hal qilinadi?
Javob: – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash Vazirligining 2013-yil 23-yanvardagi 37-sonli buyrugʻiga asosan hayvonlardan jabrlanganlar uchun emlash bepul amalga oshiriladi. Biroq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-sonli "Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-ilovasida it, mushuk asrovchi odamlarning oʻz qaramogʻidagi hayvonlardan atrofdagi fuqarolar va hayvonlar xavfsizligini taʼminlashi zarurligi koʻrsatilgan.
Shunga muvofiq uy hayvonlari xususan it, mushuk kimnidir tishlasa, jabrlasa, buning uchun egasi aybdor va yetkazilgan zararni jabrlanuvchiga toʻlashga majbur.
Savolga DSENM bosh shifokori D.Bobojonov javob berdi.
Savol: – Pensionerlarga pensiya pullari berila boshlangan paytlarda olomon koʻpligidan bankingizga kirishning oʻzi mushkul boʻlib qoladi. Pensionerlar olishi lozim boʻlgan naqd pulni joylarning oʻzida tarqatishning iloji yoʻqmi?
Javob: – Toʻgʻri, bu muammo bugungi kunda bizning bank filialimizning eng dolzarb masalalari qatoriga kiradi. Sababi Amudaryo tumani boʻyicha 8 mingdan ziyod pensionerlar bizning filialga biriktirilgan boʻlib, ularning nafaqa pullarini bir yoki ikki kunda tarqatishning umuman imkoni yoʻq.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining "Tijorat banklarida kassa ishlarini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2008-yil 17-may kungi 12/2-sonli Qaroriga muvofiq tegishli hududlarda mini banklarimiz tashkil qilinmaganligi sababli, pensionerlarning nafaqa pullarini filialimiz kassasidan boshqa hududda tarqatish mumkin emasligi koʻrsatilgan.
Savolga "Mikrokreditbank”ning tuman filiali boshqaruvchisi oʻrinbosari Elmurod Qurbonov javob berdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶